Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Azar qo‘shimcha daqiqalarda «Chelsi»ni mag‘lubiyatdan qutqardi
Angliya chempionatining 30-turida «Chelsi» «Vulverhempton»ni yenga olmadi. Londondagi «Stemford Brij» stadionida kechgan uchrashuvning oxirgi daqiqalarida urilgan gol mezbonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
O‘yinda hisob 56-daqiqada Raul Ximenes tomonidan ochilgandi, unga bu epizodda Diogu Jota pas berdi. 92-daqiqada esa Eden Azarning goli londonliklarni mag‘lubiyatdan qutqardi.
Bu natijadan keyin «Vulverhempton» ochkolari sonini 44taga yetkazgan va Premer-liga turnir jadvalida yettinchi o‘rinda qolgan. «Chelsi» 57 ochko bilan 6-o‘rinni band etib turibdi.
Keyingi turda «Chelsi» «Everton» mehmoni bo‘ladi. «Vulverhempton» esa «Arsenal»ni qabul qiladi. Ikki o‘yin ham 16 mart kuni o‘tkazilishi belgilangan.
Angliya chempionati
30-tur
Chelsi – Vulverhempton 1:1
Gollar: 0:1 – 56 Ximenes, 1:1 – 90 Azar.
Chelsi – Arrisabalaga, David Luiz, Emerson, Ryudiger, Aspilikueta, Kante, Jorjino (Villian, 72), Azar, Kovachich (Loftus-Chik, 56), Pedro (Xadson-Odoi, 61), Iguain.
Vulverhempton – Ruy Patrisiu, Doerti, Boli, Koudi, Kastro, Moutinyu, Saiss, Dendonker, Ruben Nevesh, Diogu Jota (Gibbs-Uayt, 82), Ximenes (Traore, 89).
Ogohlantirishlar: Doerti (37), Saiss (66), Boli (75), Ryudiger (78), Diogu Jota (80).
Mavzuga oid
14:28 / 09.01.2026
Televideniyedan murabbiylikka o‘tgan, Runiga yordamchilik qilgan – «Chelsi»dagi yangi «nouneym» haqida
13:35 / 05.01.2026
«Siti» va «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi, «Real»da yangi yulduz porladi
18:30 / 01.01.2026
«Chelsi» bosh murabbiy Enso Mareskani iste’foga chiqardi
22:28 / 17.12.2025