Jahon | 09:00 / 10.03.2019
5636
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada bardagi otishma oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Foto: REUTERS

9 mart kuni Meksikaning Salamanka shahridagi (Guanaxuato shtati) tungi barga hujum qilinishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. 

Excelsior portalining xabar berishicha, barga qurollangan kishilar bostirib kirib, u yerdagi odamlar va xodimlarni o‘qqa tuta boshlashgan. Voqea joyida 13 kishi halok bo‘lgan, 8 kishi yaralangan va ulardan 2 nafari keyinroq shifoxonada vafot etgan.

Bosqinchilar voqea joyidan yuk mashinasida yashirinishgan. Mutasaddi idoralar darhol jinoyatchilarni ushlash bo‘yicha operatsiya e'lon qilishgan, biroq hozircha qo‘lga olinganlar haqida ma'lumot yo‘q.

Guanaxuato shtatini oxirgi yil zo‘ravonliklar qamrab olgan. 2018 yil mayida u yerda bir necha kun ichida 60 dan ko‘proq, iyulda esa yana 40 kishi o‘ldirilgan. Guanaxuatoda bir nechta narkokartel hudud ustidan nazorat o‘rnatish uchun o‘zaro kurashadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid