O‘zbekistonda ilk marotaba: «Ishchi vaziyatda amaliy ko‘rgazma!»
2019 yilning 3-5 aprel kunlari DİMAX savdo-ko‘rgazma biznes markazida UzbekBuild o‘zbek-turk qurilish ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Qurilish vazirligi, SSP, O‘zLiDeP, hamda MUSIAD’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi qo‘llab-quvvatlashi asosida uyushtirilayotgan ko‘rgazma O‘zbekistonda ilk marta tashkil etilmoqda.
«DIMAX SANOAT SAVDO-KO‘RGAZMA BIZNES MARKAZI» va BOĞAZİÇİ İHTİSAS FUARCILIK LİMİTED ŞİRKETİ hamkorlikda UzbekBuild qurilish uskunalari, texnikalari va qurilish materiallari ko‘rgazmasini o‘tkazadi. Mazkur ko‘rgazmaning yana bir e'tiborli jihati, ko‘rgazma ishchi vaziyatda sanoat zonasida tashkil etilayotganidir.
Xo‘sh, Uzbekbuild ko‘rgazmasida qanday mahsulotlar namoyish etiladi?
Turkiyaning qurilish industriyasi sohasidagi 40dan ortiq yetakchi kompaniyalari ishtirok etadigan ko‘rgazmada beton zavodlar, asfalt zavodlari, ko‘tarma kranlar, ekskavatorlar, greyderlar, yuklash mashinalari, maydalovchi-saralovchi uskunalar, bruschatka va spliter bloklar ishlab chiqaruvchi uskunalar, maxsus qurilish texnikalariga ehtiyot qismlari, qoziqlar (svai)ni uruvchi burg‘ilash texnikalari, betonnasoslar, betonaralashtiruvchi transport vositalari kabilar namoyish qilinadi.
Bundan tashqari, qurilish buyoqlari, metallga ishlov berish qurilmalari, elektr yoritqich jihozlari va uskunalari, yoritqich ustunlari, isitish tizimi, sovutish va havo aylantirish tizimi, kranlar, yo‘l to‘siqlari, yuk va yo‘lovchi ko‘targichlari, ishlov berish uchun dekorativ materiallar, me'morchilik yechimlari, landshaft dizayni va ko‘kalamzorlashtirish vositalari kabilar ham ko‘rgazmaga kelganlar e'tiboriga havola etiladi.
4 aprel kuni ko‘rgazma doirasida 14:00-17:00da o‘zbek-turk tadbirkorlari o‘rtasida ikki tomonlama V2V korporativ uchrashuvlar tashkil etiladi. Ta'kidlash o‘rinliki, ko‘rgazmaga kirish mutlaqo bepul.
Ko‘rgazmada ishtirok etishni, o‘z mahsulotlarini namoyish qilishni istagan tashkilotlar www.uzbekbuild.com/b2b saytida yoki +998903524200 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Shu bilan birga, DİMAX savdo-ko‘rgazma biznes markaziga kiraverishdagi ro‘yxatxonada qayddan o‘tish imkoniyati mavjud.
Ko‘rgazma doirasida, shunindek, O‘zbek-Turk qurilish biznes forumi ham bo‘lib o‘tadi. U 2019 yil 3 aprel, ko‘rgazma ochilish kunida tashkil etiladi. Mazkur forumda beton, asfalt va inert materiallar ishlab chiqarishning eng yangi zamonaviy texnologiyalar haqida ma'lumotlar beriladi hamda ikki mamlakatning qurilish sohasidagi hamkorligi muhokama qilinadi.
Ko‘rgazma hamkor tashkilotchisi Utku Bengisuning qayd etishicha, u Toshkentda ko‘rgazmani tashkil etish uchun DİMAX savdo-ko‘rgazma biznes markazini bejizga tanlamagan. Toshkent Xalqa avtomobil yo‘liga yondosh hududdagi sanoat zonasi yaqinida qurilish materiallari sotiladigan yirik bozor ham joylashgan. Shu yo‘l bilan qurilish materiallari va mahsulotlari sotuvchilar hamda tadbirkorlarga manzilli yetkazish imkoni taqdim etiladi.
Ko‘rgazmaga 3 kun mobaynida kirish mutlaqo bepul bo‘lib, 10:00-18:00 oralig‘ida tashrif buyurish mumkin.
Ko‘rgazma haqida batafsil ma'lumotni www.uzbekbuild.com saytida yoki t.me/Qurilishkorgazmasi Telegram kanalida olish mumkin.
Qisqacha ma'lumot:
Qurilish texnikasi, uskunalari va materiallari ko‘rgazmasi.
2019 yil 3-5 aprel, 10:00-18:00.
Manzili: Toshkent shahri, DİMAX savdo-ko‘rgazma biznes markazi (Uchtepa tumani, TXAY, Sanoat xududi 5).
4 aprel - V2V uchrashuvlar: 14:00-17:00
Kirish bepul.
Tel.: +998903524200
Elektron pochta: info@uzbekbuild.com
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
13:19 / 03.07.2024
150 million so‘mga sotilgan suratlar - Toshkentda “Orzu” xayriya ko‘rgazma-auksioni bo‘lib o‘tdi
14:51 / 29.06.2024
Toshkentda “Orzu” xayriya ko‘rgazmasi davom etmoqda
10:38 / 24.06.2024
"Orzu" ko‘rgazmasi: Ko‘zi ojiz bolalarning orzulari sun’iy idrok nigohida
14:14 / 18.06.2024