Yaponiya 2018 yilda sayohatlar uchun eng yaxshi mamlakatga aylandi, buning 15 sababi bor
Tokio – sayyoramizdagi eng ko‘p taassurot uyg‘otuvchi joylardan biri, biroq bu umringiz davomida bir marta bo‘lsa-da tashrif buyurishingizga arziydigan Yaponiyadagi yagona joy emas.
Orollar, muqaddas qadamjolar, butun dunyoga dong‘i ketgan oshxona hamda betakror va go‘zal manzaralar, bularning bari sayohatlar uchun ajoyib tanlov. 2018 yilda jahondagi obro‘li sayohat nashrlaridan biri Yaponiyani sayyohlar mamlakati deb atagani ham bejiz emas.
Bu yil ham bu borada katta o‘zgarish bo‘lmasa kerak. Bu g‘aroyib, nazokatli va betakror davlat ashaddiy sayyohlar uchun o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. Keling, samuray va sakuralar mamlakati qay darajada go‘zal ekaniga yana bir bor nazar solamiz.
Tokiodan Kiotoga poyezdda otlaning va yo‘l davomida Fudzi tog‘i manzaralaridan bahra oling.
Bahor faslida sakura gullagani munosabati o‘tkaziladigan festivalda ishtirok eting.
Odamlardan ko‘ra mushuklar ko‘proq bo‘lgan orolga tashrif buyuring.
Kiotodagi bambuk orolini hech qachon unutmaysiz.
Kamakuradagi Buyuk Buddani tomosha qiling.
Kiotodagi Fusimi Inari Taysya bo‘ylab sayohat qiling.
Yapon o‘rmonida sayr qiling.
Roppongi Xillzdagi zamonaviy san'atdan bahra oling.
Gavjum Takeshita ko‘chasida yuring.
Takeshita ko‘chasidan u qadar uzoq bo‘lmagan Meydzi ibodatxonasida vaqt haqida unuting.
Budda katta zaliga o‘z ko‘zlaringiz bilan nazar soling. U qachonlardir dunyodagi eng katta yog‘och bino bo‘lgan.
Tokioda shahridagi Akixabarada yapon pop-madaniyati bilan tanishing.
Giblidagi muzeyga borib, o‘zingizni xursand qiling.
1300 yillik mehmonxonada joylashgan tabiiy qaynoq manbalarga sho‘ng‘ing.
Chiroyli manzaralar, mashhur muzeylar – Xakone tog‘ shahriga borsangiz, kun bo‘yi shular bilan band bo‘lasiz.
Mavzuga oid
19:55
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59
Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi
14:42
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
23:27 / 10.11.2024