Jahon | 08:30 / 12.03.2019
3767
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp NASA’ni moliyalashtirish uchun 21 mlrd dollar so‘radi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'muriyati Kongressdan 2020 moliyaviy yilda NASA’ni moliyalashtirish uchun 21 milliard dollar so‘radi. Bu haqda kosmik agentlik saytida xabar berilgan.

«NASA’ning prezident Tramp tomonidan 2020 moliyaviy yil uchun so‘ralgan budjeti - agentlik tarixidagi eng katta ko‘rsatkichlardan biri», - deyiladi xabarda.

Shuningdek, NASA’dan qo‘shimcha qilishlaricha, bu miqdor 2019 yil uchun ko‘rsatkichdan 283 million dollar yoki 1,4 foizga ko‘proqdir.

Agentlikdan ta'kidlashlaricha, yangi budjet sayyoralarni o‘rganish uchun dasturlarni 2,6 mlrd dollar miqdorida moliyalashtirishni ham nazarda tutadi.

Bundan oldin, Tramp harbiy xarajatlarni 750 mlrd dollarga yetkazmoqchi ekani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid