Georgina is all of us after @Cristiano’s 3rd goal 😍😭 pic.twitter.com/yyDnvCJUYg
— Cristiano Ronaldo (@TheRonaldoTeam) March 12, 2019
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida «Atletiko»ga qarshi kechgan javob uchrashuvidagi het-trikidan keyin uning sevgilisi Jorjina Rodriges instagramda futbolchining bolaligidagi suratini ilova qilgan holda u haqida ta'sirli post qoldirdi.
Ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra italyanlar klubi musobaqaning keyingi bosqichga yo‘l oldi.
«Bu 3:0ni hech kim o‘g‘irlay olmaydi. Sen bunga loyiqsan va gap faqat uchta golda emas. Sen bunga sodiqliging, klubga qilayotganlaring tufayli sazovor bo‘lding. Sen sheriklaring, murabbiy va boshqalarga tayanchsan, biz sen bilan faxralanamiz va seni har kuni qo‘llab-quvvatlaymiz.
«Qaytar dunyo» bor.
Yaratgan biladi, Yaratgan senga hammasini beradi, chunki futbol olami – seniki. Biz seni yaxshi ko‘ramiz. Krishtianitu, Mateo, Yeva, Alana, Jorjina», deb yozgan Jorjina.
Futbolchining yori uning 3-golidan keyin hayajonlanib, ko‘ziga yosh olgan.
Georgina is all of us after @Cristiano’s 3rd goal 😍😭 pic.twitter.com/yyDnvCJUYg
— Cristiano Ronaldo (@TheRonaldoTeam) March 12, 2019
13:29 / 17.09.2024
10:49 / 13.09.2024
11:38 / 12.09.2024
19:43 / 02.09.2024