Ingliz tilida omma e'tiborida bölgan şaxs yo kişilar guruhiga nisbatan celebrity atamasi qöllanadi. Maşhur insonlar, jumladan sportçi, aktyor yo qöşiqçilar, şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda katta ommani ergaştirgan akkaunt egalari «selebritilar» sirasiga kiradi.
Atamaning bu qadar batafsil şarhiga töxtalişimning bir sababi bor: istaysizmi, yöqmi, Özbekistonda ham omma e'tiborida bölgan şaxslar, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda muridlarni bir joyga birlaştirgan akkauntlar köpaygan.
Ijtimoiy tarmoqlarda «selebritilar»ning turli tovar va xizmatlarni reklama qilişi odatiy holga aylanib ulgurgan. «Tavsiya qilaman», «öz tajribamda sinab kördim...», «menga eng yoqqan...» singari jumlalar bilan körsatib ötiladigan, «falon firmaning sovğasi» yoki «25-kadr effekti» tarzida namoyiş qilinadigan tasvirlar aniq tijoriy maqsadlarda amalga oşiriladi, lekin bunda reklamaga qöyiladigan talablarning buziliş holatlari yetarliça qayd etiladi.
Soddaroq qilib aytganda, katta omma e'tiborini bir akkauntga jalb etolgan şaxs tijoriy maqsadda olib borayotgan reklama faoliyatini qonun talabini buzgan holda olib bormoqda.

Reklama qiliş tartibi qanday?
Har qanday mahsulot/xizmatni Özbekiston hududida va xalqi uçun reklama qilişda «Reklama töğrisida»gi qonun doirasida iş köriş lozim. Xususan:
işlab çiqarilişi yoki realizatsiya qilinişi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot haqida axborot tarqatiş, özga şaxslarning mahsulotini kamsitişi yoki badnom etiş;
majburiy sertifikatlaştirilişi talab etiladigan mahsulotni kerakli hujjati bölmagan holda reklama qiliş, pornografiyani tarqatiş kabilar taqiqlanadi. (6-modda)
Katta kontingentga ega «selebriti» mahsulotning ijobiy xususiyatlari haqida gapirib, uning işlab çiqaruvçisiga töxtalib ötgan holda, bu axborotning reklama xarakteriga egaligiga mutlaqo işora qilinmasligi köp uçraydi.
















