Fan-texnika | 08:28 / 14.03.2019
5015
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook va Instagram global uzilishga izoh berdi

Foto: Getty Images

Facebook xodimlarining taxminiga ko‘ra, kompaniya servislari ishidagi uzilishlar DDoS-hujumlar tufayli yuz bermagan. Bu haqda kompaniyaning tvitterdagi bayonotida aytiladi.

«Biz bu muammoni imkon qadar tezroq hal qilish uchun harakat qilmoqdamiz, ammo biz ushbu uzilish DDoS-hujumga aloqador emasligini tasdiqlay olamiz», - deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoqdan foydalanishda foydalanuvchilari muammoga duch kelgan Instagram vakillari ham tvitterda DDoS-hujum versiyasini rad etishdi.

Bundan oldin, butun dunyo bo‘ylab Facebook va Instagram ishida uzilishlar kuzatilgani xabar berilgandi.

Facebook bilan bog‘liq muammolar haqida ko‘proq Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa va Filippindagi foydalanuvchilari xabar qilishgan. Instagram bilan bog‘liq muammolar haqida esa ko‘proq AQShning sharqiy sohili, Buyuk Britaniya, Fransiya va Niderlandiyada yashovchi insonlar yozishgan. Instagram shuningdek, O‘zbekistonda ham risoladagidek ishlamagan.

Mavzuga oid