Jamiyat | 15:07 / 16.03.2019
7743
1 daqiqa o‘qiladi

Andijondagi xonadonda gaz portladi, ikki kishi kasalxonaga yotqizildi

Foto: Pixabay

2019 yil 15 mart kuni Andijon tumani Nuxatak MFY Dum ko‘chasida joylashgan uyda S.K. va uning rafiqasi N.N. elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida gaz plitasidan sizib chiqib, xonaga yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada S.K. va N.N. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, hozirgi paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid