Ruminiyalik biznesmen yo‘llar sifati yomonligiga norozilik sifatida uzunligi bir metrli shosse qurdi
Ruminiyalik biznesmen Stefan Mandachi Suchava shahrida uzunligi bir metrli shosse qurdi. Biznesmen ushbu trassani mamlakatda sust rivojlangan yo‘l infrastrukturasiga norozilik sifatida qurganini bildirdi. Bu haqda Euronews telekanali xabar berdi.
Mandachining so‘zlariga ko‘ra, u hukumatning yo‘llarni yaxshilash haqidagi va'dalaridan charchagan va shosse qurilishi uchun 4500 yevro pul ajratgan.
«Bizning hududimiz Yevropadagi eng qashshoq joy. Men bizda ham avtomagistrallar bo‘lishini xohlayman», — dedi biznesmen.
Shossening rasmiy ochilish marosimida shahar meri Nekulay Miron ishtirok etdi va mahalliy hukumat yo‘l qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun ko‘p marta pul so‘rab murojaat qilganini bildirdi.
Biznesmen «Ruminiya avtomagistrallarni talab qiladi» deb nomlangan aksiyasiga boshqalarni ham qo‘shilishga chaqirdi. Ayrim tashkilotlar 15 mart kuni uni qo‘llab-quvvatlab 15 daqiqa ishlamadi. Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis ham ularga qo‘shildi va «Norozilik bildirayotganlar bilan birgaman» dedi.
Telekanalning aniqlik kiritishicha, Ruminiyaning butun yo‘l tarmog‘i 805 kilometrni tashkil etadi. Jurnalistlarning fikricha, yo‘l qurilishi juda sekin ketmoqda: hukumat 2019 yil oxiriga qadar 118 kilometr yo‘l qurishga va'da bergan.
Yevrokomissiya ma'lumotlariga ko‘ra, Ruminiya yo‘llarda o‘lim holati yuz berishi bo‘yicha Yevroittifoqda birinchi o‘rinda turadi —2017 yilda 1900dan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:05 / 19.10.2024
Havo makonining buzilishi: Ruminiya qiruvchi samolyotlarni havoga ko‘tardi
23:30 / 17.09.2024
Ruminiyada noma’lum erkak parlament binosiga o‘t qo‘ydi. Qariyb 300 kishi evakuatsiya qilindi
14:23 / 16.09.2024
Yevropada kuchli suv toshqinlari - fotosuratlar
20:49 / 14.09.2024