Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook Yangi Zelandiyadagi terakt tasvirlangan 1,5 mln videoyozuvni o‘chirib tashladi
Facebook ma'muriyati bir sutka ichida Yangi Zelandiyadagi masjidlarda amalga oshirilgan terakt tasvirlangan va ijtimoiy tarmoqqa joylangan 1,5 mln videoyozuvni o‘chirib tashladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq rasmiy vakili Miya Garlikning bayonotida aytiladi.
Garlikning bildirishicha, Facebook «dastlabki 24 soat ichida butun dunyo bo‘ylab» hujum tasvirlangan jami 1,5 mln videoyozuvni o‘chirib tashlagan.
«Biz bunday beshafqat kontentni o‘chirish uchun kunu tun ishlashda davom etamiz», — dedi u.
Facebook, YouTube va Twitter mazkur terrorchilik hujumi tasvirlangan yozuvlar tarqalishiga qarshi kurashni 15 mart kuni boshlagan, deb xabar beradi CNN. Shuningdek, hujum uyushtirishda gumonlangan shaxsning Facebook va Instagram’dagi akkauntlari bloklangan.
15 mart kuni Kraystcherch markazidagi ikkita masjidga qurollangan odamlar bostirib kirib, u yerga kelganlarni o‘qqa tuta boshlagan. Guvohlarning aytishicha, o‘q ovozlari 10-15 daqiqa eshitilib turgan. Masjidlardan birida hujum vaqtida 300 ga yaqin odam bo‘lgan. Hujumlar oqibatida 50 kishi halok bo‘lgan, 40 dan ko‘prog‘i yaralangan. Mamlakat hukumati hujumni terakt deb atagan.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026