Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘rov: venesuelaliklarning 89 foizi Maduroning hukumat tepasidan ketishini istaydi
Venesueladagi Meganálisis kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisining 88,9%i prezident Nikolas Maduro tez orada davlat rahbarligidan ketishini istaydi. Bu haqda El Nacional gazetasi yozmoqda.
So‘rovda butun mamlakatdagi 32 shahardan 1,1 ming kishi qatnashgan. So‘rov 11 martdan 14 martgacha o‘tkazilgan.
Shuningdek, so‘rovda qatnashganlarning 87,5%i Venesuelada xorij missiyasi ish boshlashi kerak degan fikrni qo‘llab-quvvatlagan.
Meganálisis ekspertlarining aniqlashlaricha, parlament spikeri Xuan Guaydoni so‘rovda qatnashganlarning aksariyati ishonchli shaxs va milliy vakil sifatida e'tirof etishgan.
23 yanvar kuni muxolifat yetakchisi o‘zini Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi deb e'lon qildi. Uni AQSh va YeIdagi qator davlatlar tan oldi. Prezident Nikolas Maduro bu voqeani davlat to‘ntarishi deb atadi. Uni Rossiya, Boliviya, Eron, Xitoy, Kuba, Nikaragua, Salvador, Suriya va Turkiya qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mavzuga oid
10:05
Venesueladagi seysmik ofat: qurbonlar soni 5 mingdan oshdi
08:55 / 07.07.2026
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026