Jahon | 08:47 / 18.03.2019
10948
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro shifokorlarning saylovlardan oldin bemorlarga yordam berishini taqiqladi

Foto: REUTERS

Venesuelaga yuborilgan kubalik shifokorlaridan biri Yanser Ariasning ma'lum qilishicha, Venesuela hukumati ularni tibbiy yordamdan saylovlar oldidan bosim o‘tkazish vositasi sifatida foydalanishga majburlagan. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Ariasning so‘zlariga ko‘ra, yurak yetishmovchiligi bo‘lgan 65 yoshli bemor uning klinikasiga kelgan, u kislorodga shoshilinch muhtoj bo‘lgan.

Uning ma'lum qilishicha, klinikada bo‘lgan harbiylar erkakka yordam ko‘rsatishni taqiqlab, shifokorlar bemorlarga «saylovlarga yaqin muddatda» kislorod tarqatishlari mumkin ekanligini ma'lum qilishgan.

Arias bunday harakatlar konstitutsiyani buzishi haqida qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Bundan oldin, AQSh Venesuela hukumatini mamlakatni tark etishga chaqirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid