Jahon | 16:14 / 19.03.2019
29587
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkmaniston aholisiga tovarlarni O‘zbekistonga olib chiqib ketish taqiqlandi

Foto: eastroute.com

Turkmaniston chegara xizmati Dashoguz viloyati aholisiga o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonga olib chiqib ketishni taqiqladi.

«Xroniki Turkmenistana» nashrining o‘z manbalariga asosan xabar berishicha, Dashoguz viloyatida yashovchi, Rossiya yoki O‘zbekiston vizasiga ega bo‘lgan shaxslar O‘zbekistonga 10 kilogrammgacha yuk olib chiqib ketishi mumkin edi.

«Bu asosan Turkmanistonda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlari edi... U sotilganidan keyin odamlar noyob yoki qimmat tovarlarni, masalan, sigaretalarni Turkmanistonga olib kira boshladi. Biroq, 10 martdan boshlab Turkmanistonning «Dashoguz avtodorojniy» chegara punkti chegarachilari qo‘shni davlatga bunday tovarlar olib chiqib ketilishini taqiqlashdi. O‘zbekiston tomoni jismoniy shaxslar tomonidan tovar va mahsulotlar olib kirilishi hamda olib chiqilishiga hech qanday cheklovlar qo‘ymadi», - deyiladi xabarda.

Bundan oldin, Dashoguz viloyati Kyoneurganch aholi punktidagi Turkmaniston-O‘zbekiston chegarasi bojxona punktida turkman chegarachilari O‘zbekistonga rangli metallarni olib ketayotgan 8ta yuk avtomobilini ushlashgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Qo‘lga olingan yuk mashinalari egalari Turkmaniston fuqarolari hisoblanadi. Xabar qilinishicha, «mashinalarga yuklangan barcha tovarlar deklaratsiyadan o‘tkazilgan, ularning yonida deklaratsiya qog‘ozlari bo‘lgan».

Xabarga ko‘ra, haydovchilar Qozog‘istonga viza olishmagan va O‘zbekiston orqali u yerga borishga qaror qilishgan. Turkmaniston haydovchilarni rangli metallarning noqonuniy savdosida ayblamoqda. Ularning bari hibsda saqlanmoqda.

Mavzuga oid