Jahon | 07:33 / 20.03.2019
6923
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada uran olib ketayotgan konvoyga hujum qilindi 

Foto: RIA Novosti

19 mart kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtatidagi Angra-dush-Reysh shahrida uran yukiga soqchilik qilib ketayotgan politsiya konvoyiga hujum qilindi.

Brasil axborot agentligining ma'lum qilishicha, bu radioaktiv modda Angra 1 va Angra 2 atom elektr stansiyalari ishida qo‘llanadi.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, uning xodimlari qurollangan bosqinchilarning hujumini qaytargan, yaralanganlar va qo‘lga olinganlar yo‘q, uranga zarar yetmagan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid