Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehrondagi aeroportda bortida 100 kishi bo‘lgan samolyotga o‘t ketdi
Eron poytaxti Tehrondagi Mehrobod xalqaro aeroportida yo‘lovchi samolyotga o‘t ketdi. Bu haqda FARS’ga iqtibos keltirgan holda “Reyter” axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 50 ga yaqin yo‘lovchini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lingan, yana 50 kishi samolyotda qolmoqda. Voqea joyiga avariyaviy-qutqaruv xizmatlari yetib kelgan.
PressTV telekanalining ma'lum qilishicha, voqea qo‘nish vaqtida yuz bergan. Uning oqibatida hech kim jabrlanmagan. Boshqa tafsilotlar berilmagan.
Mehrobod aeroporti Tehrondagi ikki aeroportdan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
08:59 / 02.06.2026
Tramp Tehron bilan muzokaralar to‘xtatilganini rad etdi
20:07 / 27.04.2026