O‘zbekiston | 21:17 / 20.03.2019
3180
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Kremniy Vodiysi kompaniyalari ekspertlari ishtirokida "Ilm-fan va texnologiyada ayollar" Markaziy Osiyo haftaligi o‘tadi

26 mart kuni Toshkent shahridagi Inxa Universitetida Startup Mix konferensiyasi o‘tkaziladi. Tadbir "Ilm-fan va texnologiyada ayollar" Markaziy Osiyo haftaligi doirasida mintaqadagi to‘rt mamlakat, Buyuk Britaniya hamda Kremniy Vodiysi investorlari, ishbilarmonlari, olimlari va ekspertlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Universitet matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

Startup Mix'ning asosiy sessiyalari:

• XXI asrda muvaffaqiyatli karera uchun zarur ko‘nikma va texnologiyalar haqida muhokamalar;

• STEM bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilish;

• Startaplar uchun intellektual huquq;

• Texnologiyalarga oid trendlar. Kremniy Vodiysida nimalar dolzarb;

• «Ostona» xalqaro moliyaviy markaz investorlaridan sessiya;

• Kremniy Vodiysi investorlari startaplardan nima izlashmoqda;

• Startaplar uchun pitch bo‘yicha trening;

• Markaziy Osiyo va Buyuk Britaniya startaplari pitchi;

• Talabalar uchun sessiyalar: STEM'da karera va texnologiya kompaniyalarida intervyudan o‘tishga doir layfxaklar;

• Talabalar uchun Internet of Things va robototexnika bo‘yicha interaktiv vorkshoplar;

• Videomeykerlik bo‘yicha vorkshop.

Shunisi diqqatga sazovorki, Toshkent shahrida birinchi marta Kremniy Vodiysi yetakchi IT-kompaniyalarining yuqori malakali spikerlari ma'ruzalar o‘qishadi.

Ishtirokchilar Google, Symantec, Apple, Zenefits, LinkedIn, Mozilla Corp, GoDaddy, Northgate Environmental Management, Lockheed Martin, Salesforce, Juniper Networks, Silicon Valley Social Ventures, Fast Forward, Unity Technologies kabi jahonga mashhur kompaniyalar vakillariga savol berish imkoniga ega bo‘lishadi.

Seminarlar parallel rejimda turli auditoriyalarda o‘tkaziladi, tinglovchilar o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan sessiyalarni tanlashlari mumkin. Konferensiya tili - ingliz tili (sinxron tarjimasi bilan), sessiyaning ma'lum qismi rus tilida o‘tadi.

Mazkur anjumanda ishtirok etish bepul bo‘lsa-da, faqat ro‘yxatdan o‘tgan tinglovchilarga mo‘ljallangan, Inxa universiteti saytida ro‘yxatdan o‘tiladi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid