Özbekistonda ilmiy daraja olişdagi bir qator byurokratik tösiqlar bartaraf etiladi.

Prezident farmoniga asosan, 2027 yil 1 yanvardan boşlab ilmiy darajalar berişda quyidagi tartiblar bekor qilinadi:

  • çet tili fanidan malakaviy imtihon topşiriş, mustaqil izlanuvçilar bundan mustasno;
  • Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini röyxatdan ötkaziş va dissertatsiya himoyasi töğrisida e’lon beriş;
  • dissertatsiyani yetakçi taşkilotda muhokamadan ötkaziş;
  • ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari böyiça fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uçun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e’lon qiliş;
  • dissertatsiya avtoreferatini çop etiş;
  • dissertatsiya ilmiy natijasi amaliyotga joriy etilganligi töğrisida xulosa oliş;
  • Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari böyiça ekspert kengaşi tomonidan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan ötkaziş;
  • himoya qilingan dissertatsiya böyiça ilmiy kengaş qarorini Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlaş;
  • ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uçun jalb qilingan çet ellik fuqaroning xorijda olgan ilmiy darajasi töğrisidagi hujjatlarini nostrifikatsiya qiliş. Bunda ilmiy daraja töğrisidagi hujjat uning Özbekistondagi faoliyati davomida töğridan töğri tan olinadi.

Mazkur farmon bilan, Oliy attestatsiya komissiyasi Fanlar akademiyasi tizimiga ötkazildi. 2026 yil 1 sentabrdan ayrim doktorantlarning stipendiyasi 1,7 barobarga oşiriladi.

Joriy haftada Oliy attestatsiya komissiyasini 10 yildan köproq boşqargan Ahmadbek Yusupov lavozimidan ozod etildi. Uning örnini kim egallaşi hozirça ma’lum emas.

Yangi tartibga köra, OAK raisi Fanlar akademiyasi prezidenti tavsiyasi asosida, Prezident administratsiyasi bilan kelişilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.