Olimlar qaynoq choy juda xavfli ekanini aniqlashdi
Xalqaro ilmiy guruhning aniqlashicha, qaynoq choy iste'mol qilish qizilo‘ngach saratoni paydo bo‘lishi va rivojlanishi yuqori xavfi bilan bog‘liqdir. Olimlarning xulosasi EurekAlert! portali tomonidan keltirilgan.
Qayd etilishicha, olimlar 40 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan 50 mingdan ortiq kishining ovqatlanish odatlarini o‘rganib chiqishgan, o‘rtacha kuzatish davri o‘n yilni tashkil etdi. Xalqaro guruhdan ma'lum qilishlaricha, tadqiqotda qatnashgan 317 nafar ishtirokchida qizilo‘ngach saratoni qayd etilgan.
Olimlarning xulosasiga ko‘ra, 60 daraja issiqdan ortiq haroratda 700 ml.dan ortiq choyni har kuni iste'mol qilish bu kasallik rivojlanish xavfini 90 foizga oshiradi. Qizilo‘ngach saratoni rivojlanishining oldini olish uchun olimlar qaynoq ichimlik sovishini kutish haqida tavsiya berishdi.
Bundan oldin, ommabop mahsulotlarning jiddiy xavfi isbotlangandi.
Mavzuga oid
19:30 / 12.11.2024
Yong‘oqlar orttirilgan aqliy zaiflikka chalinish xavfini kamaytiradi - tadqiqot
17:42 / 08.11.2024
Olimlar saratonning eng agressiv shakllarini yengish usulini o‘rgandi
10:56 / 07.11.2024
Pomidordan qulupnaygacha. Marsda yashay oladigan 8 ta o‘simlik ma’lum qilindi
17:18 / 05.11.2024