Garvard universiteti olimlari yuz mingdan ziyod kişini qamrab olgan keng miqyosli tadqiqot ötkazdilar va tarkibida şakar bölgan içimliklarni iste'mol qiliş yurak-qon tomir kasalliklari hamda saratondan ölim holati xavfini oşirişini isbotladilar. Şu bilan birga, bir kunda şakar örnini bosadigan moddaga ega içimlikni tört stakan yoki undan köproq iste'mol qiliş ayollarda ölim xavfi darajasini oşiradi. Bu haqda MedicalXpress xabar bergan.

Mutaxassislar 1980-2014 yillarda 80 647 ayol va 1986-2014 yillarda 37 716 erkak kişi iştirokida olingan ma'lumotlarni tahlil qilişdi. Köngillilar öz turmuş tarzini baholaş uçun sörovdan ötişdi, ularning salomatligi holati esa har ikki yilda aniqlandi.

Ma'lum bölişiça, tarkibida şakar mavjud bölgan içimliklarni bir oyda bir donadan tört donagaça iste'mol qiliş erta ölim xavfini 1 foizga, haftada ikki donadan olti donagaça - 6 foizga, kuniga bir donadan ikki donagaça - 14 foizga, kuniga ikki dona yoki undan köproq içiş - 21 foizga oşiradi. Şu bilan birga, içimliklar va ölim körsatkiçlari örtasidagi boğliqlik ayollarda erkaklarga qaraganda köproq namoyon bölgan.

Erta ölimning asosiy sababi yurak-qon tomir kasalliklari bölib çiqdi. Şirin içimliklarni köp iste'mol qilganlarda bunday yakunning yuzaga keliş ehtimoli 31 foizni taşkil etdi. Har bir qöşimça içimlik xavfni yana 10 foizga oşirgan. Tarkibida şakar bölgan içimliklarni şakar örnini bosuvçi moddalarga ega içimliklarga almaştiriş ölim xavfini sezilarli darajada qisqartirgan, ammo ularning haddan ortiq iste'moli (kuniga tört marta) hayot davomiyligining pasayişiga ham olib kelgan.

Bundan oldin, qovurilgan tuxum yurak uçun xavfli bölişi mumkin ekani aniqlangandi.