Braziliyaning sobiq prezidenti jinoiy guruhga boshchilik qilgani o‘rnatildi
Braziliyaning sobiq prezidenti Mishel Temer mamlakat hududida 40 yil davomida harakat qilgan uyushgan jinoiy guruhga boshchilik qilgan. Bu haqda prokuratura vakili Fabiana Shneyder matbuot anjumanda ma'lum qildi.
Tergovchilarning aytishicha, jinoiy guruh korrupsion faoliyatining ba'zi holatlari XX asrning 80-yillarida sodir etilgan. O‘shanda Temer San-Paulu shtati mahalliy hukumatida ishlagan. Huquq-tartibot idoralari fikricha, jinoyatchilar tomonidan 1,8 mlrd real (470 mln dollar) olingan. Temerdan tashqari, uning ancha yillik safdoshi, iste'fodagi polkovnik Joau Batista Lima va Temer hukumatida energetika vaziri lavozimini egallagan Uellington Moreyra Franku ham hibsga olingan. Ularga xizmat yillari va o‘z lavozimlaridan ketganlaridan keyin korrupsion jinoyatlar va pul yuvishda ishtirok etish ayblovlari bildirilgan.
78 yoshli Temer va uning sheriklarining qancha muddat hibsda ushlab turilishi hali belgilanmagan. Politsiyada ular ozodlikda qolib, tergovga to‘sqinlik qilishlaridan xavotir bildirilmoqda.
Temer korrupsion tergov natijasida panjara ortiga jo‘natilgan Braziliyaning ikkinchi yetakchisi bo‘ldi: 2003-2010 yillarda Braziliya prezidenti lavozimini egallagan Luis Inasiu Lula da Silva tergov natijalariga ko‘ra 2018 yil aprelida panjara ortiga jo‘natilgandi.
Mavzuga oid
23:05 / 06.11.2024
Braziliyalik politsiyachi Interpol rahbarligiga saylandi
17:08 / 02.11.2024
Braziliyada kattaligi chumoliday keladigan qurbaqa topildi
09:30 / 21.10.2024
Braziliya prezidenti BRICS sammitiga parvozini bekor qildi
14:10 / 09.10.2024