Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyatida "Raqamli texnologiyalar markazi" ochildi
Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
22 mart kuni "O‘zbektelekom" AK Sirdaryo viloyat filiali Mirzaobod tumani telekommunikatsiya bog‘lamasi ma'muriy binosida "Raqamli texnologiyalar markazi" ochildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Vazirlik qisqa fursatda Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida Raqamli texnologiyalar va IT-tadbirkorlik o‘quv markazini ochish bo‘yicha tashkiliy choralar ko‘rib, uni zamonaviy kompyuterlar va zarur jihozlar bilan ta'minladi. Ushbu markazning Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlari doirasida ochilishi Sirdaryo viloyati yoshlariga munosib bayram tuhfasi bo‘ldi.
"Raqamli texnologiyalar markazi" Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlarda ochiladigan markazlar hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Hindistonning ilg‘or tajribasi asosida tashkil etilayotgan Texnopark o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajaradi.
Unda yoshlarga axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika, kibersport asoslari va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik yo‘nalishida o‘quv kurslari tashkil etiladi. Ushbu markazda uch yosh toifasida, ya'ni 9-15, 16-19 hamda 20-25 yoshdagi ta'lim oluvchilar bosqichma-bosqich axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali mutaxassislar sifatida tayyorlanadi.
Shuningdek, markazda yoshlarni kompyuter sportiga (kibersportga) jalb qilish, kibersport qoidalarini o‘rgatish, turli o‘yinlar bo‘yicha guruhlarni shakllantirish, jamoaviy o‘yinlar amaliyotini tashkil etish, respublika miqyosida musobaqalar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.
“Raqamli texnologiyalar markazi”ning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari, ta'lim muassasalari vakillari, soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Mavzuga oid
14:44 / 06.12.2025
2027 yilgacha raqamli texnologiyalar sohasida 200 mingta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda
09:36 / 05.12.2025
Vengriyaning “smart qishloq” tajribasi Sirdaryoda sinab ko‘riladi
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
13:51 / 04.12.2025