Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 300 nafarga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga bayram sovg‘alari yetkazildi
Toshkent viloyatida saxovat haftaligi doirasida 300 nafarga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Kun.uz muxbiri viloyat hokimligi vakillaridan olingan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent viloyati bo‘ylab xayr-saxovat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xususun, viloyat hokimligi tashabbusi bilan tayyorlangan sifatli oziq-ovqat jamlanmalaridan iborat bayram sovg‘alari 22 shahar va tumanlarda yashovchi 300 nafarga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir turmush sharoitidagi oilalarga yetkazib berildi.
Shuningdek, homiy tashkilotlar, shahar va tuman hokimliklari ham "Xayr-saxovat haftaligi" doirasida turli xayriya aksiyalarida ishtirok etishdi. Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internat, shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar uchun palov, sumalak kabi milliy taomlar tayyorlanib, bayram sovg‘alari taqdim etildi.
Toshkent viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollar holidan xabar olinib, ijtimoiy-moddiy yordamni kuchaytirishga alohida ahamiyat qaratildi.
Mavzuga oid
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026
Zangiotada yirik kumush savdosiga chek qo‘yildi
11:50 / 08.06.2026