Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Toshkent viloyati hokimiga investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosar va sanoat korxonalari bo‘yicha o‘rinbosar tayinlandi.
Toshkent viloyati hokimligi rahbariyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Mamajonov Jahongir Anvarjonovich Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Jahongir Mamajonov 1978 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Moliya va iqtisodiyot, xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligiga ega.
Tayinlovga qadar AQShdagi “JM Group” kompaniyalari bosh direktori vazifasida xizmat qilayotgan edi.
Kunarov Ruslan Rustamovich esa Toshkent viloyati hokimining sanoat korxonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.
Mazkur lavozim O‘zbekiston prezidentining tegishli qaroriga asosan boshqa hududlardan farqli ravishda Toshkent viloyati uchun joriy etildi.
Ruslan Kunarov 1986 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligiga ega.
Tayinlovga qadar Yangiyo‘l tumanidagi “BIO KORM” xususiy korxonasining Ishlab chiqarish masalasi bo‘yicha maslahatchisi vazifasida xizmat qilayotgan edi.