Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Nagoya madaniyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi
Poytaxtda Yaponiyaning Nagoya shahri madaniyati va turmush tarziga bag‘ishlangan suratlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deya xabar beradi uzbekistan.travel sayti.
Ko‘rgazma Nagoya shahri meriyasi, "O‘zbekiston-Nagoya" Do‘stlik hamjamiyati, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon-saroyi va O‘zbekiston yapon tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan.
Fotosuratlar ko‘rgazmasi doirasida shuningdek "O‘zbekiston-Nagoya" Do‘stlik hamjamiyati taqdimoti hamda Nagoya milliy taomlari taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi. Nagoya milliy taomlari yapon oshxonasining tajribali oshpazlari tomonidan tayyorlanadi.
Ko‘rgazmaga kirish erkin. Taqdimotda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish zarur. Buning uchun o‘z ma'lumotlaringizni (ism, familiya, otasining ismi) [email protected] elektron pochtasiga yo‘llash kerak bo‘ladi.
Rejaga ko‘ra, tadbir soat 13:00 dan 16:00 gacha o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026