Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ford Rossiyani tark etish haqida o‘ylamoqda
Amerikaning Ford avtokonserni Rossiya bozorini tark etish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib «Kommersant'» xabar berdi.
Hozirda Rossiya hududida kompaniyaning uchta zavodi faoliyat olib bormoqda. Ular Vsevolojsk, Naberejniye Chelni va Yelabugadagi zavodlardir. Ford ikkita zavoddagi ulushlarini sotib, faqatgina Yelabugadagi loyihada o‘z ulushini saqlab qolish hamda Rossiyaga avtomobil importidan voz kechishni maqsad qilgan.
Rossiya bozoridan ketish haqidagi qaror kompaniyaning norentabel bozorlardagi faoliyatini butkul qayta ko‘rib chiqish dasturi bilan bog‘liq. Dilerlik tarmoqlari orasida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, o‘tgan yilning iyun-iyulida Ford yengil avtomobillariga birorta ham buyurtma bo‘lmagan.
Nashr manbalarining qayd etishlaricha, dastlabki ikki zavod uchun xaridor topilmasa, ular yopiladi. Yelabugadagi zavod esa kichik tonnajli avtomobillar ishlab chiqarishga moslashtiriladi, shuningdek, Ford Fiesta va Ford Kuga modellari ishlab chiqarilishi saqlab qolinishi mumkin.
Mavzuga oid
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
10:15 / 06.07.2026
Britaniya davlat xizmatchilari akkauntlari hakerlik hujumiga uchradi
09:50 / 06.07.2026