Toshkent shahar hokimligi bu yil yo‘llar va infratuzilmani ta'mirlash uchun qancha pul sarflanishini ma'lum qildi
Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi iqtisodiy islohotlarning o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, hokimlik tomonidan 2019 yilda poytaxtdagi markaziy va mahallalar hududidagi ichki ko‘chalarni joriy ta'mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlangan. Bu maqsadlar uchun mahalliy budjetdan qariyb 188 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2019 yilda Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi markaziy ko‘chalardan foydalanish, ularni saqlash va ta'mirlash ishlari uchun 5 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.
“Hazrati Imom majmuasi hududida “Islom madaniyati markazi” qurilishi munosabati bilan shu hududda uy-joylari buzilishga tushgan oilalarga Nurafshon ko‘chasida qurilgan ko‘p qavatli uy-joylardan 221 ta xonadon taqdim etildi. Joriy yilning dastlabki ikki oyida Olmazor tumanidagi Nurafshon ko‘chasida 6 ta 7 qavatli uylar foydalanishga topshirildi. Mazkur turar joylarni barpo etish uchun barcha manbalar hisobidan 58,2 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi”, - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Mirobod tumanidagi Toshkent shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasining birinchi bosqichdagi qurilish ishlariga 87,8 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ sarflangan. Natijada shifoxonaning 7 ta bo‘limi uchun yangi bino qurildi va davolash bo‘limi qayta rekonstruksiya qilindi.
2019 yilda Olmazor tumani “Yoshlik” talabalar shaharchasi hududidagi Universitet ko‘chasi qayta rekonstruksiya qilindi. Bu yerda bajarilgan qurilish-ta'mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga qariyb 17 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi. Natijada avtoturargoh qurildi, Farobiy va Universitet ko‘chasi kesishmasida Beruniy maydoni tashkil etildi va haykal o‘rnatildi.
Shu bilan birga, bu yil Chilonzor tumanidagi “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi” binosini qayta rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi. Bu maqsadlar uchun 7,2 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.
Mavzuga oid
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024