Abdulaziz Komilov Qozog‘istonning yangi elchisini qabul qildi
2019 yilning 29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qozog‘iston Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Darxan Satibaldini qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, vazir elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, uni yuqori mansabga tayinlangani bilan samimiy tabriklagan va mamlakatlar hamda xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘lida unga muvaffaqiyatlar tilagan.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi, deyiladi axborotda.
Ta'kidlanganidek, birinchi prezident Nursulton Nazarboyev poydevor qo‘ygan Qozog‘istondagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga O‘zbekistonda hurmat bilan qaraladi.
Uchrashuvda turli darajadagi ikki tomonlama aloqalar jadvali va kun tartibi, shuningdek, O‘zbekistonda Qozog‘iston yilini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan.
Mavzuga oid
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
17:25 / 11.11.2024