Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt bosh vaziri birinchi o‘rinbosari, mudofaa vaziri O‘zbekistonga shaxsiy tashrif bilan keldi
Foto: TIV axborot xizmati
2019 yilning 29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahrida mamlakatda shaxsiy tashrif bilan bo‘lib turgan Kuvayt davlati bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, mudofaa vaziri Shayx Nosir Saboh al-Ahmad as-Saboh bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
O‘zbekiston – Kuvayt munosabatlarini rivojlantirish, ularga ko‘p qirrali tus berish uchun sezilarli salohiyatning mavjudligi e'tirof etilgan.
Savdo-iqtisodiy va investitsion sohadagi aloqalarni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga, O‘zbekistonda muhim ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun Kuvayt arab iqtisodiy rivojlanish fondi va boshqa investorlarning moliyaviy mablag‘larini jalb qilishga alohida e'tibor qaratildi. Orolbo‘yi mintaqasida ijtimoiy loyihalarni ro‘yobga chiqarish to‘g‘risida kelishib olindi.
Shuningdek, Markaziy Osiyoni Yaqin va O‘rta Sharq mintaqasi bilan bog‘lovchi transport koridorlarini diversifikatsiya qilishga o‘zaro qiziqish bildirildi. Shu jihatdan «O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Ummon» transport koridorining muhimligi qayd etildi.
Uchrashuvda ikki tomon kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan. Muzokaralarda Kuvayt elchisi Ahmad Xolid Al-Jiyron ishtirok etgan.
Mavzuga oid
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
09:00 / 17.11.2025
O‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari Kuvayt supermarketlariga chiqmoqda
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
12:20 / 24.10.2025