Jahon | 00:53 / 31.03.2019
5846
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh sudi Trampga Alyaska sohillarida neft qazishni taqiqlashni bekor qilishga ruxsat bermadi

Alyaska federal okrug sudi AQSh prezidenti Donald Trampning ushbu shtat sohilidagi suvlarda neft qazish taqiqini bekor qilish to‘g‘risidagi farmonini noqonuniy deb topdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Ushbu taqiq atrof-muhitni himoya qilish maqsadida AQShning 44-prezidenti Barak Obama tomonidan joriy etilgandi. Tramp 2017 yilda taqiqni bekor qilish to‘g‘risida farmon chiqargan, unga tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari qarshi chiqishgandi. Ular AQSh ma'muriyatini sudga berishgandi.

Sudya Sheron Glison tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari foydasiga va AQSh ma'muriyatiga qarshi hukm chiqardi. Hukmda Trampning farmoni "noqonuniyligi va prezident vakolatlaridan chetga chiqish" ekanligi aytilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid