Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Exit poll: Ukraina prezidentligi saylovida dastlabki norasmiy natijalari paydo bo‘la boshladi
Jurnalist Mustafa Nayyem Telegram-kanalida Ukraina prezidenti saylovining ekzitpol natijalarini e'lon qildi.
Nayyemning ixtiyoriga beshta so‘rovnoma natijalari kelib tushgan. Qonunchilikka ko‘ra, ovoz berish yakunlariga qadar ekzitpolni e'lon qilish taqiqlanadi, mualliflar buni «ukrainlar qaysi alkogolni afzal ko‘rishlari bo‘yicha marketing tadqiqoti» nomi ostida tarqatishadi. Prezidentlikka nomzodlar alkogol ichimliklar markalari nomlari bilan shifrlanadi.
Saylov poygasi favoriti Vladimir Zelenskiyga «ZeBrovka» nomi mos tushgan, amaldagi prezident Petro Poroshenkoga — shokoladli likyor, sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenkoga — «Vdova Kliko», «Muxolifat platformasi — Hayot uchun» partiyasidan nomzod bo‘lgan Yuriy Boykoga — «Boykaya» arog‘i.

Barcha so‘rovlar natijalariga ko‘ra Zelenskiy yetakchilik qilmoqda, uning ko‘rsatkichlari 26,8 foizdan 31,14 foizgacha.
Beshta so‘rovdan to‘rttasining natijalari Zelenskiyning ikkinchi turdagi raqibi Poroshenko bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Unga saylovchilarning 17,63 foizidan 20,5 foizigacha qismi ovoz bergan bo‘lishi mumkin.
So‘rovlardan birida Timoshenko ikkinchi bo‘lgan. Ekzitpol ma'lumotiga ko‘ra, u 20,26 foizgacha ovoz olishi mumkin.
Bu uchlikka eng yaqin kelgan nomzod Boyko bo‘lgan. So‘rovlar unga saylovchilarning 14 foiz ovozini bermoqda.
Shuningdek, jurnalist Igor Gujvoy o‘zining Facebook tarmog‘idagi sahifasida e'lon qilgan ekzitpolga ko‘ra ham, Zelenskiy yaqqol ustunlik qilgan. Ikkinchi o‘rinda Boykoni oz farq bilan ortda qoldirgan Poroshenko qayd etilgan. Timoshenko bu so‘rovga ko‘ra to‘rtinchi bo‘lgan.
Nisbatan ishonchli bo‘lgan «Milliy ekzitpol» ma'lumotlari ovoz berish yakunlanishi bilanoq, mahalliy vaqt bilan soat 20:00da (Toshkent vaqti bilan soat 22:00) e'lon qilinadi.
Birinchi turda ovoz berish jarayoni 31 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:00da (Toshkent vaqti bilan soat 10:00) boshlandi. Prezidentlikka jami 39 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Soat 17:00dagi ma'lumotlarga ko‘ra, saylovdagi davomat 43,86 foizni tashkil etgan.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026