Jahon | 01:17 / 31.03.2019
4146
2 daqiqa o‘qiladi

Facebook Yangi Zelandiyadagi teraktdan so‘ng videotranslatsiyalar ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi 

Facebook kompaniyasi Yangi Zelandiyadagi terrorchilik harakatidan so‘ng videotranslatsiyalar ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi. Bu haqda kompaniya operatsion direktori Sheril Sendberg ma'lum qildi.

Kompaniya xususan, ijtimoiy tarmoq qoidalarini buzgan foydalanuvchilar uchun translatsiya olib borish imkoniyatini cheklashni rejalashtirgan. Bundan tashqari, Facebook zo‘ravonlik aks etgan videolarni aniqlash va o‘chirib tashlashni tezlashtirishni ko‘zda tutmoqda.  

Sendberg Facebook ijtimoiy tarmoqda toqatsizlik va nafrat ko‘rinishlari tarqalishiga qarshi kurashni kuchaytirishini ma'lum qildi.  

BBC News yozishicha, Kraystcherchdagi teraktdan so‘ng Facebook Yangi Zelandiyada qattiq tanqid ostida qoldi. Fransiya musulmonlar kengashi ommaviy qotillik aks etgan video translatsiyasi uchun Facebook va YouTube’ni sudga berdi.

Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi ikkita masjidga uyushtirilgan hujum oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi jarohatlandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid