NATOning Rossiya bilan urush holatida qo‘llashi mumkin bo‘lgan eng yaxshi qurollari ma'lum qilindi
AQShning Business Insider portali NATO Rossiya bilan ixtilof vaqtida qo‘llashi mumkin bo‘lgan eng yaxshi qurollarini ma'lum qildi.
Ushbu ro‘yxatga 5-avloddagi F-35 Lightning II stels-qiruvchi samolyoti yetakchilik qilmoqda. Ta'kidlanishicha, boshqa raqobatchi davlatlar hali sezilmaslik va ilg‘or jihozlanish bo‘yicha bu samolyot bilan raqobatlasha oladigan samolyot yarata olishmagan.
Shuningdek, Yevropaning bir qator davlatlari birgalikda yaratgan Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyoti qayd qilib o‘tilgan. Ta'kidlanishicha, bu samolyot jangovar imkoniyatlari bo‘yicha Rossiyaning Su-35 samolyotining oxirgi modifikatsiyalari bilan tenglasha oladi va shu sababli Su-35’ga qarshi muvaffaqiyatli qo‘llanishi mumkin.
Keyingi qatorlarni AQShning B-52, B-2 Spirit va B-1B Lancer bombardimonchi samolyotlari egallagan. AQSh Yevropada bombardimonchi samolyotlarini muntazam rotatsiya qilib turish evaziga raqibni ushlab turishni ta'minlamoqda.
Ro‘yxatga AQShning suv osti kemalariga qarshi P-8A Poseidon samolyoti ham kiritilgan. Ushbu samolyot muqobillari mavjudligiga qaramay, suv osti kemalariga eng yaxshi “ovchi”lardan biri hisoblanadi.
Nashr suv osti kemalariga qarshi vositalar sifatida Italiya, Fransiya, Ispaniya, Norvegiya va Daniya qurollanishida bo‘lgan fregatlarni ham ajratib ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, nashr AQShning AH-64 Apache vertolyotini ham eslab o‘tgan. Bu vertolyotlar “havo-sirt” sinfidagi 16 ta Hellfire raketasini tashiy oladi va buning evaziga raqib texnikasiga “vayronkor zarbalar” berishga qodir.
Alyansning zirhli texnikasi orasida nemis jangovar tanki Leopard 2 alohida qayd qilingan. Bu tanklar AQShning M1 Abrams va Britaniyaning Challenger 2 tanklari bilan bir qatorda NATOda eng yaxshilaridan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari, ro‘yxatga AQShning Nimitz sinfidagi aviatashuvchi kemalari, Patriot havo hujumiga qarshi tizimlari va Virginia sinfidagi suv osti kemalari kiritilgan.
Mavzuga oid
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
01:18 / 10.11.2024
Rossiyalik o‘qituvchilar «NATOdan himoyalanish uchun» folgadan qalpoqlar yasadi
10:09 / 09.11.2024