Jahon | 10:30 / 31.03.2019
23024
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada mahalliy saylovlar boshlandi. Erdo‘g‘an nimadan xavotirda?

Foto: REUTERS /Umit Bektas

31 mart kuni Turkiyada mahalliy quyi organ — fuqarolar o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlariga saylovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda ushbu saylovlar mamlakatning sharqiy qismida boshlandi, deb xabar bermoqda turk nashrlari.

Mamlakat parlamentar boshqaruvdan prezidentlikka o‘tgandan buyon birinchi marta o‘tkazilayotgan munitsipal saylovda shahar meri, hududiy parlament a'zolari, mahalliy hokimiyat vakillari, qishloq oqsoqoli va oqsoqollar kengashi a'zolari saylanadi.

Mazkur saylovda 12ta partiya hamda mustaqil nomzodligini ilgari surayotgan shaxslar ishtirok etayapti. Markaziy saylov komissiyasi 82 million fuqarodan 57 milliondan ortig‘i siyosiy huquqqa egaligini ta'kidlagan.

Saylov arafasida mamlakatda devalvatsiya boshlandi. Hukumat milliy valutaning qadrini ushlab qolish uchun tijorat banklari tomonidan liradagi ofshor kreditlashni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishga majbur bo‘ldi.

Foto: REUTERS /Umit Bektas

Erdo‘g‘an G‘arb tomonidan saylovlarga shu yo‘sinda ta'sir o‘tkazishga urinish bo‘layotganini bildirib, barchani foiz stavkalarini tushirishga chaqirgan.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid