Jamiyat | 16:08 / 01.04.2019
9023
2 daqiqa o‘qiladi

Alimentchi ota chetga chiqishi uchun 23 mln so‘m to‘ladi

Foto: 123RF

Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyati Uchquduq tuman bo‘limi ish yurituvida ijro hujjati bo‘yicha qarzdor B.S.dan  undiruvchi D.J. foydasiga voyaga yetmagan 1 nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi hujjat mavjud.

Davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror chiqarib, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil  6 oktyabrdagi 808-sonli “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta'minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash  haqida”gi qaroriga asosan 23 mln so‘m aliment to‘lovlari oldindan to‘langan.

Shu tariqa, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlarini cheklash to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid