«Hozir bu yerda heç narsa yöq». Yozyovonliklarni qiynayotgan muammolar
|22:33 / 01.04.201921 19110 min
Yaqin ikki yil içida tibbiyot va ta'lim sohasidagi holat köp tanqid qilindi. Muammolar oşkora aytilişi va ötkazilgan islohotlar natijasida özgarişlar ham böldi. Biroq barça özgarişlar ham ijobiy tomonga böldimi? Kun.uz ijodiy guruhi vodiyga safari çoğida Farğona viloyati Yozyovon tumani Toşhovuz MFYda böldi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Bu yerdagi muammolar yaqin tarixda paydo bölgan.
Özbekiston Prezidentining 2017 yilning 29 mart kungi 2857-sonli «Özbekiston Respublikasida birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini taşkil etişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilingandi. Uşbu qarorga asosan, respublikaning turli çekkalarida qişloq vraçlik punktlari negizida qişloq oilaviy poliklinikalar taşkil etilişi belgilangan edi.
Murojaatçilarning e'tirozlari tibbiy xizmat va ta'lim masalasida ekan.
Köçirilgan qişloq vraçlik punkti
«Qişloq vraçlik punkti qurilganida qişloğimizdagilarning quvonçi çeksiz bölgandi. Lekin yaqinda bu muassasadagi tibbiy xodimlar Soyböyidagi oilaviy poliklinaga ötib ketişdi. Bu yangi joygaça masofa şu yerning özidan 3-4 km çiqadi. Töğri, maşinada unçalik uzoq vaqt talab qilmas, ammo, kasal odamga bu masofa uzoqlik qiladi-da. Masalan men 74 yoşdaman. Uç kasalim bor: qandli diabet, qon bosimi va kardionevroz (vahima kasal). Ilgari hamma imkoniyatlar bor edi. Mazam qoçsa darrov çiqardim, yordam berişardi. Hozir-çi?..», deydi Ahmadjon Ismoilov.
«Avvallari bu joyda xalqqa xizmat qoniqarli darajada bölgan. Hozir bu joyda heç qanaqa şaroit yöq. Asbob-uskunalarning köpini köçirib olib ketişgan. Qon bosimimizni ölçaş uçun ham yangi joyga borişimiz kerak. Şoşilinç yordam kerak bölsa özingiz öylayvering. Bu punkt özi yaqinda tuşgan edi. Davlatimizning ozmunça mablaği ketmagandi bu joyga», deydi kuyunib Usmonalixon Musayev.
Mavzuga oid
Usmonalixon Musayev
«Oldin bu punktning laboratoriyasi, elektrofarez, şam qöyiş kabi imkoniyatlar bölgan. Hozir heç narsa yöq. Bitta kuşetka turibdi. Xonalar juda sovuq. Issiqlik tizimi umuman işlamaydi. Kelganingizda hamşira topsangiz, omadingiz. Topa olmasangiz 4 km uzoqlikdagi poliklinikaga boriş kerak. Biz söraydigan narsa – laboratoriyamiz qaytsa, homilador ayollarga tibbiy xizmat yölga qöyilsa, yotib davolanadigan keksalarimizga şaroit qilib berilsa», deydi Kamoliddin Boltaboyev.
«Biz poliklinikaga borsak, «qişloq vraçlik punktidan kartangni olib kel» deydi. Bu yerdan kartani olib, yana qaytib borişga töğri keladi. Kasal odam sarson böladi. Boşqa joylarga borsak, sening hududing boşqa deydi. Qabul qilmaydi», deydi Isoqjon Yusupov.
«Balki bu muammo kiçik körinar. Lekin, bu punkt 10 ming aholiga xizmat körsatadi. Nafaqat, Toşhovuz MFY, yonimizdagi Beruniy va Ittifoq MFY aholisi ham şu joydan foydalanadi. Ular ham şu yerga kelib tibbiy yordam olişardi. Ularga endi bu poliklinika 8 km bölib ketadi. Bu işlar prezidentimiz tomonidan tibbiy xizmatni rivojlantiriş maqsadida taşkil qilingandi. Bizda şuning aksi bölmoqda. Tibbiy xizmat körsatiş darajasi pasayib ketdi. Odamlarga hozir juda qiyinlik qilmoqda. Ularda tibbiy xizmatdan qoniqiş yöq. Içida özining dorixonasi ham bor edi. Hozir heç narsa yöq. Bitta aspirin uçun uzoqlarga borişimiz kerak», deydi mahalla raisi Muhammadamin Tojiboyev.
Muhammadamin Tojiboyev
«Bu yerda eng yomoni, muxbir uka, homilador ayollar qornini katta qilib öşa poliklinikaga boradi. Bu yerda 10 ming odam bölsa, boringki şuning 3 mingga yaqini öşa joyga ötadi. Juda qiyin şaroitga qöygan öşa joyni», deydi möysafid şikoyatçi Keldivoy Uzaqov.
Murojaatçilarni tinglagandan söng, «bazör faoliyat yuritmoqda» deya ta'kidlanayotgan qişloq vraçlik punktiga kirdik. Bu yerda punktning boş vraçi Omonulla Rahmonov bilan körişdik.
Omonulla Rahmonov
Muammo haqida tibbiyot mutaxassisi şunday ta'kidladi: «Bizda doya bilan laboratoriya haftada bir kun böladi. Bemor bölib qolsa poliklinikaga ötiladi. Avvallari tumanda yöq apparatlar bor edi. Hamma şaroit mavjud edi. Fizioterapiya ötkazar edik. Ma'lum qismini olib ketişdi. Bir qismi özimizda turibdi. Bularni işlatadigan xodim uçun ştat yöq. Oldin 9 ming, salkam 10 ming aholi bölgan. Hozir endi aholi sarson. Xonalar sovuq. Kömirni ham yaqindan berişni boşlaşdi. Kasal davolanaman deb keladi. Bu yerda aksinça sovuqda reaksiya berib bemorning ahvoli yanada oğirlaşadi».
Filial rahbari avval apparatlar bölgan xonalarni körsatdi. Hozir bu xonalar huvillab qolgan.
Maktabdagi muammo
Qişloq möysafidlari yana bir muammoga e'tiborimizni tortişdi. Bu şu kunlardagi köp qişloqlarda uçraydigan kamçilik edi. Bu maktabdagi öquvçi siğimidir. Hozirgi kunda uşbu muammo bilan mamlakatning turli nuqtalarida töqnaş keliş mumkin. Bu masalani ham örganib ketiş uçun qişloqdagi 34-umumta'lim maktabiga kirdik.
Murojaatçilarning ma'lum qilişiça, uşbu maktab köp yillardan buyon aholiga sifatli xizmat körsatib kelgan. Maktabda kerakli şaroitlar bölgan. Biroq, aholi ösiş sur'atlari yuqori bölgan zamonda bu kiçik maktab qişloq aholisi talablarini qondira olmay qolgan. Ustiga ustak, bu hududda yangi qişloqlar paydo bölib, turli joylardan odamlar bu hududga köçib kelişi avj olayotgan ekan.
Maktab vakillari bilan suhbatlaşdik.
Avazbek Qodirov
«Bu maktab yangi oçilganda 34-maktab bölib oçilgan. 5-maktabdan 6-sinfga ötganmiz. Maktabimizda 17ta sinf uçun 8ta xona bor. Bizda öquvçilarga xona yetişmaydi. Darslar iş vaqtidan ança keç tugaydi. Öquvçilar keçikişi bor. Tok öçişi bor. Ota-onalar tomonidan e'tirozlar tufayli köp nizolar bölyapti. Murojaatlar köp tuşdi. 2017 yildan beri mojarolar davom etib kelmoqda. Ötgan yili ariza berganmiz. 2019 yilgi dasturga aniq kiritilişi kerak deyişgandi», deydi maktab kuzatuv kengaşi kotibi Avazbek Qodirov.
«Maktabimiz 210 örinli, hozirda 407 nafar öquvçi ta'lim olmoqda. 9ta sinf birinçi smenada, 8ta sinf ikkinçi smenada ta'lim olmoqda. Örtadagi muammoni «tepadagilarga» bir neça marta aytganmiz. Rejaga köra 2019 yilda bölişi kerak edi. Boşqa zarurroq joylar çiqib qoldi, şekilli», deydi boşi qotgan maktab direktori Ilhomjon Matqosimov.
Mutasaddilarda nima gap?
Muammolarni eşitdik. Endi rahbarlardan ham ikki oğiz söz olişga qaror qildik va tuman markaziga oşiqdik. Avvalo, asosiy muammo sanalmiş tibbiy xizmat yuzasidan tuman tibbiyot birlaşmasining «kutilmagan mehmoni» böldik. Taşkilotda ambulatoriya xizmati böyiça boş şifokor örinbosari Olimjon Turdiyev bilan uçraşdik.
Olimjon Turdiyev
«Tumanimizda oldin 12ta QVP mavjud bölgan. Prezidentimizning 2857-sonli qaroriga asosan optimallaştiriş masalalari körilgan. Qaror ijrosini ta'minlaş maqsadida 4ta oilaviy poliklinika, 2ta qişloq vraçlik punktiga aylantirilib, bittasi tugatilgan. Bundan taşqari, 5ta xizmat uylari taşkil etilgan. Bulardan bittasi Toşhovuz uy-joy xizmati uyi edi. Aholining şikoyatlari sabab, tibbiy xizmat körsatiş filialiga aylandi. Vraçlar ham grafik asosda işlaşadi. Homilador ayollarga, bolalarga, imtiyozli bemorlarga öşa joyning özida xizmat körsatiladi. Faqat hujjatlari oilaviy poliklinika mudiri muhri orqali xizmat körsatiladi. 2018 yil noyabrda Vazirlar Mahkamasiga boş şifokorlar çaqirilgan. Yana QVPga qaytariş işlari böyiça takliflar berilgan. Viloyatda ham taklifimizni berdik. Kunduzgi şifokorlar qaytadigan bölyapti. Fizioterapiya işlari yana körilmoqda. Ştatlar ham kötariladigan bölmoqda. Doya va laboratoriya işlari böyiça haftada 3 kun boradi. U yerdagi muammolardan biri – qorovul yöq. Moliya bilan kelişib öt yoquvçi, kömir böyiça limitlar taşkil qildik. Homiladorlik mavzusida aytadigan bölsak, bu fiziologik normal holat. U qançalik normal ekan, u kişi köproq harakat qilişi kerak. Bizning xalqimizda esa, homiladorlikni kasal bölgandek qabul qilişadi. Oilaviy poliklinikaga borişadi, röyxatdan ötişadi. Lekin, aytganimdek filialni QVPga aylantiriş uçun 7 oy oldin masalani kötarganmiz. Yaqinda tibbiyot konsepsiyasi tuzilişi aytilmoqda. Sohada qoğozbozlik hali ham mavjud deb ta'kidlanmoqda», deydi boş şifokor örinbosari.
Şundan söng, tuman xalq ta'limi markazi tomon yöl oldik. Taşkilotga yetib borgan vaqtimizda rahbar bilan uçraşdik va muammo haqida aytgandik, masala yuzasidan rahbarning ham ança gaplari yiğilib qolgan ekan.
«Qani endi maktabda bolalar uçun yetarli joy bölsa, bizga ham yaxşi-ku? Ikki smenada öqisa, yoş bolalarga yoz vaqtlarda bilinmaydi. Lekin qişda darrov qoronği tuşib qoladi. Biz tomonimizdan takliflar berilgan. 34-sonli maktab yuzasidan ham dasturga taklif berganmiz. Muhimlik darajasi böyiça 9 ball etib belgilangan. Bundan taşqari, nuqson dalolatnomasi 22-maktab, 24-maktab va 4-maktabga ham xuddi öşa 120 örinli bino va sportzal zarur deya nuqson dalolatnomasi tuzganmiz. Muammo bor. Ikki smenada töliq öqitilyapti. Niyat qilyapmiz, 2020 yilgi dasturga kiritiladi», deydi bölim rahbari.
Qişloqdagi tibbiy xizmat va ta'lim sohasidagi muammolar masalasida mutasaddilar bilan suhbatlaşib şuni bildikki, masala tuman darajasida hal bölmaydi. Ular öz takliflarini berişgan. Yuqori turuvçi taşkilot rahbarlari qaçon bu qişloqqa e'tibor qaratişsa, 10 ming kişilik qişloq sifatli tibbiy xizmatdan yana foydalana boşlaşi va maktab bolalari uylariga öz vaqtida qaytişi mumkin bölar ekan.