Joriy yil 12 dekabr kuni Kun.uz sayti orqali «Plastik kartalardan turli miqdordagi pullarni xufyona ravişda özlaştirgan bank xodimi aniqlandi» sarlavhali xabar e'lon qilindi.
Postda.uz naşri xabari asosida tayyorlangan uşbu maqolaga nisbatan «Intelligent Solution» mas'uliyati çeklangan jamiyati tomonidan raddiya bildirildi.
Ma'lum qilinişiça, AT «Xalq bank» Yozyovon filiali bölim xodimi vazifasida işlab kelgan D.U. xizmat mavqeyidan foydalanib, fuqarolarning plastik kartalaridagi SMS xabar xizmati va «click» tölovi hamda pul ötkaziş xizmatini özining telefon raqamiga yaşirin ravişda ulab, turli miqdordagi pullarni xufyona ravişda özlaştirib yuborişida NCI dasturining «Uzcard» moduli işlatilmagan.
«Çunki, uşbu xizmatni taqdim etuvçi «Intelligent Solution» MÇJ va AT «Xalq bank»ning respublika boşqaruvi örtasida tuzilgan şartnoma 2015 yil 31 dekabrdan bekor qilingan va 2016 yil 1 yanvardan boşlab bu turdagi xizmatlarni körsatiş töxtatilgan», deyiladi kompaniyaning tahririyatga yöllagan munosabatida.
















