10:22 / 12.12.2019
0
15523

Plastik kartalardan turli miqdordagi pullarni xufiyona ravishda o‘zlashtirgan bank xodimi aniqlandi

Illyustrativ foto

Farg‘ona viloyatida AT «Xalq bank» Yozyovon filiali bo‘lim xodimi vazifasida ishlab kelgan D.U. xizmat mavqeidan foydalanib, qing‘ir ishlarga qo‘l urdi.

Postda.uz’ning xabar berishicha, u bankdagi NCI dasturining «Uzcard» moduli orqali fuqarolarning plastik kartalaridagi SMS xabar xizmati va «click» to‘lovi hamda pul o‘tkazish xizmatini o‘zining telefon raqamiga yashirin ravishda ulab, turli miqdordagi pullarni xufiyona ravishda o‘zlashtirib yuboradi. 

Shuningdek, mazkur bankda plastik kartasi bor fuqarolarning nomiga qo‘shimcha karta ochish yo‘li bilan ham ko‘p miqdordagi mablag‘ni o‘zlashtiradi. Jumladan, 2017–2018 yillar davomida 8 429 266 so‘m pulni qo‘lga kiritadi.

Bank xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar sudga taqdim qilindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati Yozyovon tuman sudida D.U.ga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinlandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top