Jahon | 11:34 / 02.04.2019
7996
2 daqiqa o‘qiladi

Meksika AQShga ketayotgan muhojirlar karvonlarini ushlab turishdan bosh tortdi

Foto: REUTERS

Meksika hukumati Markaziy Amerika mamlakatlaridan AQSh chegaralariga qarab ketayotgan muhojirlar karvonlarini ushlab turish bo‘yicha urinishlaridan voz kechdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu haqda ichki ishlar vaziri Olga Sanches Kordero ma'lum qilgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Meksika har qanday holatda ham jarayonni tartibga solish va xavfsizlikni ta'minlash niyatida.

Avvalroq, Markaziy Amerika davlatlari fuqarolaridan tashkil topgan yangi muhojilar karvoni Meksikaning Gvatemala bilan chegarasidan AQSh tomon yo‘nala boshlagani xabar qilingandi.

Noticias24 portalining xabar berishicha, karvonda jami 1,2 mingga yaqin odam bor. Ular butun Meksika bo‘ylab AQSh tomon yo‘l olish uchun Meksikaning chegaradagi Tapachula shahrida 2 oycha bo‘lishgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, muhojirlar orasida Kuba fuqarolari ham bor.
 
O‘z navbatida, Amerika yetakchisi Donald Tramp Meksika bilan chegarani yopib qo‘yishi haqida ma'lum qildi.

Mavzuga oid