08:23 / 03.04.2019
7240

A Seriya. «Yuventus» safarda g‘alaba qozondi, «Milan» yana ochko yo‘qotdi

Foto: Juventus F.C

Seshanba-payshanba kunlari A Seriyada 30-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Turning ilk o‘yini «San-Siro»da «Milan» va «Udineze» o‘rtasida kechdi. Unda mezbonlar birinchi bo‘lim oxirida Kshishtof Pyontekning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishgani holda bu hisobni saqlab qola olishmadi. «Udineze» hujumchisi Kevin Lazanya ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida muvozanatni tikladi va bu 1:1 hisob o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi.

«Rossoneri» bundan avvalgi ikkita turda mag‘lubiyatga uchragan edi. Natijada 4-o‘rindagi jamoaning ta'qibchilari «Latsio» va «Atalanta» bilan o‘rtadagi farq 4 ochkoga qisqardi. «Udineze» esa 29 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.

Milandagi bahs yakunlangach, Kalyarida ayni nomdagi mahalliy klub va peshqadam «Yuventus» o‘rtasidagi bahs start oldi. Unda mehmonlar Leonardo Bonuchchi va Moyze Kinning gollari evaziga g‘alaba qozonishdi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng «Kalyari» 13-o‘rnida qoldi, turning boshqa o‘yinlari natijasida yana bir pog‘ona pastlashi mumkin.

Italiya chempionati
30-tur, 2 aprel
Milan – Udineze 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 44 Piontek, 1:1 – 64 Lazanya.
Milan – Donnarumma (Reyna, 11), Abate (Kalabriya, 67), Musakko, Romanoli, Laksalt, Bakayoko, Bigliya, Chalxanoglu, Lukas Paketa (Kastilexo, 41), Kutrone, Piontek.
Udineze – Musso, Opoku, De Mayo, Samir (Uilmot, 46), ter Avest (Okaka Chuka, 55), Fofana, Bexrami (Mandragora, 76), de Paul, Zegelar, Pussetto, Lazanya.

Kalyari – Yuventus 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 22 Bonuchchi, 0:2 – 85 Kin.
Kalyari – Krano, Cheppitelli, Srna, Pizakane, Farago (Padoin, 76), Chigarini, Likoyannis, Ionitse (Birsa, 68), Barella, Joao Pedro (Cherri, 76), Pavoletti.
Yuventus – Shchensni, Kaseres (Bentankur, 61), De Shilo, Aleks Sandro, Bonuchchi, Matyuidi, Djan, Bernardeski, Pyanich, Kellini, Kin.
Ogohlantirishlar: Kin (20), Joao Pedro (34), Likoyannis (39), Srna (82), Bernardeski (90).

3 aprel
22:00. Empoli – Napoli
23:59.Torino – Sampdoriya
23:59. SPAL – Latsio
23:59. Roma – Fiorentina
23:59. Jyenoa – Inter
23:59. Frozinone – Parma

4 aprel
22:00. Sassuolo – Kevo
23:59.Atalanta – Bolonya

Top