Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada Brexit sababli tartibsizliklar yuz beradigan bo‘lsa 10 ming nafar politsiyachi safarbar etiladi
Buyuk Britaniya politsiyasi mamlakat YeI tarkibidan chiqishi sababli tartibsizliklar yuz berishi ehtimoli uchun maxsus reja ishlab chiqdi. Bu haqda Sky News telekanali xabar berdi.
Ma'lumot berilishicha, Brexit sababli favqulodda holat vujudga keladigan bo‘lsa 10 mingdan ortiq politsiyachi 24 soat davomida safarbarlikka jalb etiladi.
Telekanalning bildirishicha, keyingi paytda Brexit bilan bog‘liq jinoyatlar soni ikki baravarga oshgan. Birgina o‘tgan haftaning o‘zida 26ta turli huquqbuzarliklar sodir etilgan.
Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi 29 martga mo‘ljallangan, shundan so‘ng 2020 yil oxiriga qadar o‘tish davri boshlanadi.
Mavzuga oid
10:15
Britaniya davlat xizmatchilari akkauntlari hakerlik hujumiga uchradi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026