Jamiyat | 16:09 / 04.04.2019
12873
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda to‘yxona oldidagi janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi

Illyustrativ foto

2019 yil 25 mart kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi M.O. Turkiston ko‘chasida joylashgan “O‘rda” to‘yxonasi oldida o‘zaro janjal tufayli shu to‘yxona ishchisi J.T.ni pichoqlagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada J.T. tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.O. qo‘lga olingan, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid