Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridagi yo‘llarda reklama ustunlari o‘rnatilishini taqiqlash taklif etilyapti
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Toshkent shahri avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta'minlash haqida petitsiya e'lon qilingan.
Qayd etilishicha, kundan kunga Toshkent shahrida transport vositalari, avtomobillar ko‘payib, bunda har bir yo‘l harakati qatnashchilaridan diqqat-eʼtibor talab etiladi.
“Hozirgi kunda barcha chorrahalarda turli reklama ustunlari ko‘payib ketgan. Bu reklama ustunlarining o‘rnatilishi yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Haydovchilar va piyoda yo‘lovchilar reklama e'lonlariga emas, balki svetofor va yo‘l belgilariga e'tibor berishi zarur deb hisoblaymiz”, - deyiladi murojaatda.
Bildirilishicha, Toshkent shahrining ayrim chorrahalarida 10-12ta reklama ustunlari o‘rnatilgan va bu chorrahalarda yo‘l belgilari hamda svetoforni qidirib topish qiyin bo‘lib, avariyaviy holatlarga sabab bo‘lmoqda.
“Shu boisdan, ushbu masalani tegishlicha o‘rganib, chorrahalardagi va ularga 50 metr masofadagi reklama ustunlarining o‘rnatilishini taqiqlash bo‘yicha tegishli qaror chiqarish zarur, deb hisoblaymiz”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Ta'kidlanishicha, bu ishlarning nazoratini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligiga yuklatish zarur.
Bundan oldin, jamiyatda fohishabozlikka qarshi qat'iy choralar ko‘rish taklif etilgandi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026