Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyatda fohishabozlikka qarshi qat'iy choralar ko‘rish taklif etildi
Foto: Getty Images
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida jamiyatda fohishabozlikka qarshi qat'iy choralar ko‘rish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda barcha sohalarda yangi qonun va qarorlar qabul qilinmoqda va bu o‘zining samarasini ko‘rsatmoqda.
“Mening fikrimcha, jamiyatda fohishalikni va shunga tenglashtiriluvchi buzuqlik holatlarini kamaytirish uchun faqatgina fohishalarga yoki ushbu sharoitni yaratib berayotgan shaxslarga jazo berilishi yetarli emas, balki shunda bevosita ishtirok etgan erkak yoki erkaklar uchun ham ma'muriy, jinoiy jazo choralari qo‘llanilsin, tegishli choralar ko‘rilsin”, - deyiladi murojaatda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, qonunlarga tegishli o‘zgartishlar kiritilib, dalil bilan ushlangan mazkur holat ishtirokchisi uchun birinchi marta sodir etilsa, jarima belgilash, ikkinchi marta sodir etilsa, 15 sutka ma'muriy qamoq, uchinchi martada 1 yilgacha ahloq tuzatish ishlariga jalb qilish choralarini belgilash taklif qilingan.
“Bu choralarning qo‘llanilishi bu boradagi jinoyatchilik va turli salbiy illatlarni bartaraf etishga xizmat qiladi”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Mavzuga oid
18:00 / 13.03.2026
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
23:58 / 30.06.2025