16:20 / 04.04.2019
3536

Toshkent viloyatida kitob yarmarkalari tashkil etilmoqda

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 19 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimiz yoshlarini keng tafakkurli, bilimli va barkamol qilib tarbiyalash, ma'naviyatini yuksaltirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish borasida muhim vazifalar belgilab berildi.

Shu asosida, Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2019 yil 27 martdan boshlab viloyat prokuraturasining tashabbusi bilan prokurorlar sektorlaridagi aholi ko‘p istiqomat qiluvchi maskanlarida “O‘zbekiston”, “Sharq”, “Yangi asr avlodi” hamda “Adolat” nashriyotlari bilan hamkorlikda reja asosida kitob yarmarkalari tashkil etilmoqda. 

Hozirgi kunga qadar Chirchiq, Yangiyo‘l shaharlari, Bo‘stonliq, Oqqo‘rg‘on, Quyi Chirchiq, Chinoz, Yangiyo‘l, Toshkent, Qibray, Yuqori Chirchiq tumanlarida kitob yarmarkalari o‘tkazilib, kitobxonlar tomonidan 2 mingdan ortiq kitoblar xarid qilingan bo‘lsa, 1,5 mingdan ortiq kitoblar homiylar tomonidan yoshlarga sovg‘a qilindi.

Kitob yarmarkalari Toshkent viloyatining har bir tuman, shahrida tantanali, yuqori kayfiyatda o‘tkazilmoqda. Yarmarkalarga xalq artistlari ham taklif etilmoqda.    

Hozirda kitob yarmarkalari davom ettirilmoqda.

Toshkent viloyati prokuraturasi

 

 

Top