Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sitsiliyada futbolchi o‘yin vaqtida vertolyot yordamida o‘g‘irlab ketildi
Sitsiliyaning havaskorlik futbol chempionatida noodatiy hodisa yuz berdi. “Viagrande” va “Nebrodi” klublari o‘rtasidagi uchrashuvning 2-bo‘limida maydonga vertolyot qo‘nib, undan boshida yopinchiqlari bo‘lgan bir necha kishi tushgan.
Kutilmagan “mehmonlar” “Viagrande”ning 55 yoshli o‘yinchisi Ignatsio Barbagalloni ushlab, uning qo‘llarini ortga qayirib, vertolyotga o‘tkazib, uchib ketishgan.
Muxlislar va futbolchilar bundan esankirab qolishgan, biroq tezda hammasi uyushtirilgani ma'lum bo‘lgan. Barbagallo faoliyatidagi oxirgi o‘yin “esda qolishi” uchun o‘zining o‘g‘irlanishini sahnalashtirgan ekan.
Ammo ushbu “sitsiliancha” hazil Barbagalloga 200 yevrolik jarima solish va 31 maygacha diskvalifikatsiya bilan yakunlandi. Bundan tashqari, butsalarini mixga bunday antiqa usulda ilib qo‘ygan futbolchiga hokimiyat tomonidan ham jazo qo‘llanishi mumkin, chunki u vertolyotning odamlar gavjum joyga qo‘nishini hokimiyat idoralari bilan kelishib olmagan.
— JohnSmith1988 (@Smith1988John) 4 aprelya 2019 g.
Mavzuga oid
08:44 / 07.07.2026
Dunyodagi eng tezkor vertolyotlar: yetti rekordchi ro‘yxati
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
08:35 / 26.06.2026
Kaspiy dengizi Sitsiliya orolichalik hududni yo‘qotdi: olimlar sababini aniqlay olmayapti
18:00 / 25.06.2026