Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 aprel kuni Toshkentning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari harakati cheklanadi
7 aprel kuni sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlab poytaxt ko‘chalari bo‘ylab 25 kilometrli avtomarafon o‘tkazilishi munosabati bilan soat 9dan 12ga qadar Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari uchun harakat cheklanadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, avtomarafon O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi Toshkent shahri Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Tadbir soat 9da Qurolli Kuchlar akademiyasining 1-nazorat o‘tish joyi (mo‘ljal A. Pushkin haykali ilgari turgan maydon oldi)dan boshlanadi. Avtomarafon Mustaqillik shoh ko‘chasidan boshlanib, Kichik halqa yo‘li orqali Bunyodkor va undan keyin Alisher Navoiy shohko‘chalari bo‘ylab o‘tadi.
Unda Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy xizmatchilari shaxsiy avtotransport vositalarida qatnashadi. Tadbir doirasida harbiylar Amir Temur obrazini gavdalantirib, o‘sha davrdagi askarlar kiyimlarini kiyishadi.

Mavzuga oid
11:40
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026