Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tizimi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanishi mumkin.
Belgilanishicha, aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi yagona tayyorlash tizimi doirasida mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar korxonalarda, tashkilotlarda, muassasalarda va yashash joylarida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim, Xalq ta'limi, Oliy va kasb-hunar ta'lim, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda 2019-2020 o‘quv yilidan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maktabgacha ta'lim, umumta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari uchun alohida “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv fani kiritiladi hamda o‘quv dasturlarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashga uslubiy rahbarlik, muvofiqlashtirish va nazoratini olib borish O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yuklatiladi.
Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash borasida maxsus vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hisoblanadi.
Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash borasida namunaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda boshqa tashkilot va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturlarini kelishish.
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi sohasida aholining barcha qatlamlarini tayyorlashda tashkiliy - uslubiy rahbarlikni, tadbirlarni muvofiqlashtirish va nazoratini amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutida va hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Aholini va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida o‘qitiladigan tinglovchilar toifalarini, o‘quv dasturlari hajmi va davriyligini belgilash.
Vazirlik va idoralardan kelib tushgan talabnomaga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti va hududiy Aholini va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida yillik qayta tayyorlash va malakasini oshirish lozim bo‘lgan xodimlar ro‘yxatini jamlash hamda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘iga taqdim etish.
Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar vazirlik, idora, korxona, muassasalar rahbar va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislari (keyingi o‘rinlarda mutaxassislar deb ataladi) lavozimga birinchi marotaba tayinlangan, shu jumladan yillik jamlash rejasiga kiritilmagan shaxslarni shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti va hududiy Aholini va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida tayyorlashni amalga oshirish.
Aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlashda mavjud barcha ommaviy axborot vositalari va teleradio kanallaridan bepul foydalanish.
Favqulodda vaziyatlarga tayyorlashning barcha bosqichlarida innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash hamda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini tatbiq etish.
Jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari hamda tegishli bilim va tajribaga ega bo‘lgan alohida fuqarolarni shu jumladan, xorijiy fuqarolarni, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini o‘tkazishga belgilangan tartibda jalb qilish ishlarini tashkillashtirish.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025