Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya tashqi ishlar vaziri Buyuk Britaniyadan Brexit bo‘yicha aniq qarorga kelishni talab qildi
Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqidan chiqish shartlari va muddati bo‘yicha aniq pozitsiyani ishlab chiqishi shart. Bu haqda Fransiya TIV rahbari Jan-Iv Le Drian G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ma'lum qildi.
"Hozirgi vaziyat bundan keyin ham davom etishi mumkin emas, Fransiyaning nuqtai nazari ana shunday. YeIning mart oyidagi sammitida aniq qaror qabul qilingan: bosh vazir Tereza Mey muddatni uzaytirish haqidagi so‘rovni asoslab beradigan rejani taqdim etsagina muddatni ortga surish ma'qullanishi mumkin", dedi vazir.
Uning ta'kidlashicha, "Brexit boshlanishini tinimsiz kutib yashab bo‘lmaydi".
"Ma'lum bir vaqtda chiqish haqida aniq qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Yevropa ittifoqi Britaniya siyosati vujudga keltiradigan muammolarni hal qilish uchun to‘xtovsiz kuch sarflay olmasligini Britaniya hukumati tushunishi kerak bo‘lgan payt keldi", dedi u.
Avvalroq Tereza Mey Yevroittifoqdan Brexit’ni 30 iyungacha kechiktirishni so‘ragani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
20:11 / 30.06.2026