Past Darğomda baliqçi fermerlardan yerlar tortib olinmoqda: ularning vaj-karsonlariga «vatanparvar hokim» nima deydi?
|17:45 / 06.04.2019121 09212 min
Kuni keça Prezident Şavkat Mirziyoyev yilning birinçi çoragi yakunlari böyiça ötkazilgan videoselektor davomida tadbirkorlar muammolariga ham töxtalib, şunday dedi:
«Hozir bizdan tadbirkorlar norozi bölayotgan ikkita masala bor. Yer beriş masalasi va qurilişga ruxsat beriş masalasi.
Biz tepadagilarni olib taşlayapmiz, lekin pastda ötirganlar odamlarni juda norozi qilyapti. Ular hali yuqorida bölayotgan jarayondan bexabar. Ular hali ön yil oldingi gap bilan yuribdi: «Menga bermasang, men qöl qöymayman», deydi. Mana şunday tizim haliyam bor Özbekistonda. Bu tizimni qanday bölmasin sindiriş kerak. Sindiriş esa oson bölmayapti. Çunki hammasi şunday işlaşga örgangan. Agar şu balodan ham qutulib olsak, tadbirkorlarga köp yengillik bölardi».
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Kun.uz’ga Past Darğom tumanida baliqçilik sohasida faoliyat körsatib kelayotgan bir guruh tadbirkorlar aynan prezident tilga olib ötgan masala böyiça murojaat qilişdi va biz mazkur murojaat yuzasidan jurnalistik suriştiruv ötkazdik.
Ularning ba'zilari qariyb 10 yildan beri «Şombuloq» qişloği yaqinida, Zarafşon daryosining eski özani örnida baliqçilik bilan şuğullanişgan bölsa, ayrimlari ötgan yili may oyidan bu faoliyatni boşlaşgan.
Çunonçi, 2018 yil may oyida boş vazirning (sobiq) örinbosari Zoir Mirzayev baliqçilikni rivojlantiriş böyiça selektor yiğilişi ötkazgaç, O. Normurodov, M.Hamraqulov, D.Bekov, S.Röziyev, D.Qarşiyev va «Şombuloq sazan baliqlari» (rahbari — A.Yakubov) hamda «Anhor suvi» fermer xöjaliklariga «Özbekiston mustaqilligi» MMTP hududidan jami 100 gektar yer, tuman hokimligi tomonidan tanlov asosida ajratib beriladi.
Mavzuga oid
Tadbirkorlar bu yerga baliq taşlab, hovuzlarni kengaytirib, baliq boqişni prezident qaroriga köra intensiv usulga ötkaziş uçun harakatni boşlaşgan bir çoğda, tumanda ikki bor hokim almaşadi va sönggisi — şu yilning 12 yanvarida tayinlangan yangi hokim Şunqor Xudoyberdiyev tomonidan tösiqlar yuzaga kelayotganini bayon etişdi.
Voqea guvohlarining körsatmalariga köra, prokuror sektoriga mansub mazkur hududga tuman hokimi va sektor rahbari kelib, şaxsan özlarining buyruği bilan zovurdan hovuzlarga ötuvçi quvurlar kavlatilib, sindirib olib taşlangan.
Buning oqibatida, havzalarda suv asta-sekin kamayib, baliqlar suvsizlikdan qiynalişmoqda. Boz ustiga, yangi mavsum uçun hovuzlarga çavoq taşlaş muddati ötib bormoqda. Ular yana 15–20 kun keçikişsa — 2019 yilgi butun mavsum boy beriladi. Yil söngiga qadar bu joyda heç narsa yetiştirib bölmaydi.
Baliqçilardan berkitib quyilgan suv nariroqda bekorga zovurga tuşib, Zarafşon daryosi tomon oqib ketmoqda. Ariqlarga suv bormayapti, suv sathi pasayib hovuzlar qurimoqda…
«Özbekbaliqsanoat» uyuşmasi, «Samarqand baliqsanoat» MÇJ direktori örinbosari Murodjon Mamatqulovning aytişiça, örganiş natijasida atrofdagi yer maydonlariga sizot suvi sizib ötişi, yoki yerlarning şörlaniş darajasi ortişiga asos böluvçi holat közga taşlanmagan. Barça texnik şartlarga rioya qilingan. Çunki, baliq havzalari atrofidan çuqurligi 5-6 metr bölgan zovurlar qazilgan. Sizot suvlari pasayişiga zamin yaratilgan. Tuman hokimligining hovuzlar osti va atroflarini betonlaş haqidagi talabi ham notöğri, çunki baliqlar tabiiy şaroitda yetiştirilişi kerak, beton havzada ular oziqlanmaydi».
Eng hayratlanarlisi, bu işlarning barçasi tadbirkorlarga biror hujjat taqdim etilmasdan, hokimning oğzaki körsatmasi bilan qilinyapti. Bu talabning qonuniyligini tekşirişga mas'ul bölgan tuman prokurori esa boşboşdoqliklarga özi boş.
Guvohlar hattoki hovuz va zovur qazişda işlatiladigan, bir çetda heç kimga xalaqit qilmasdan turgan ekskovatorni tuman huquq-tartibot idoralari xodimlari jarima maydonçasiga kiritib qöyişga uriniş bölganini gapirib berişdi.
Tadbirkorlarning bizga bildirişiça, havzalar ball boniteti baland bölgan unumdor yerlardan berilgani va atrofdagi yerning meliorativ holatini buzayotgani vaj qilinib, tortib olinişi rejalaştirilgan. Şundan söng bu yerlar kimgadir berib yuboriladi.
Bu hududdagi ilk baliqçilik hovuzi 1978 yilda taşkil etilgan. 2001 yildan beri fermerlik qilib kelib, bugungi kunda yerlari tortib olinib boşqa fermerga berilgan Rabbim Husanov şunday dedi:
— Bu yerda ğalla bölardi. Ammo paxta ekib bölmaydi. Çunki yer daryoga yaqin, sathi past, paxta yuqoriga nisbatan bir oy keç yetiladi. Sobiq ittifoq davrida ham bu yerlar çorvaçilikka ixtisoslaşgan xöjalik edi. Bizga şunça yil majburlab paxta ektirib kelişdi. Ana endi bizdan tortib olib, çortutlik Hamza Hojimamatov ismli boşqa fermerga berişmoqçi. U çorvaçilik uçun ekinlar ekarkan. Biz şunça yil «köp tarmoqli fermer xöjaligiga aylantiring», deya qattiq iltimos qilganimizda ham bu talabimiz bajarilmasdan kelgan edi. Endi hokim pöpisa qilib, «kerak bölsa hammang şuning (Hamzaning) qölida qul bölib işlaysan», dedi. Quldorlik tuzumimi hozir? Yuqorida joylaşgan boğlar ham buzilmoqda, aholi qon yiğlab yuribdi.
«Özbekiston mustaqilligi» MMTPning sobiq raisi Otamurod Normurodovning aytişiça, bu yerlar azaldan buloqlarga boy joylar bölgan, şu sababli ekin maydonlarini qamiş bosib ketgan.
— Azaldan bu yerda biror ekin bölmagan. Hududda uçta buloq bor. Daryoga yaqin hudud bölgani sababli yer osti suvlari baland. Buloqlarning yer osti yöli böylab qamiş ösib ketardi. Şuning uçun 40 yil muqaddam ham bu yerlarni baliqçilik xöjaligi qilişga uriniş bölgan. Öşa payt barpo etilgan havza hozirgaça bor.
Ötgan yili selektor majlisi bölib ötgaç, bu yerda 100 gektar joy baliqçilikni rivojlantiriş uçun ajratildi. Kerakli mutasaddilar kelib yerning ahvolini körişdi. Viloyat hokimlari ham kelib körgan. Paxta ekib körganmiz. Bölmagan bu yerlarda. Ötgan yili bu yerda baliqçilik xöjaligi taşkil etişga qaror qilindi. Mutaxassislar kelib yerni körişdi, örganişdi, öz xulosalarini berişdi. Tender orqali fermerlarga bölib berildi.
Tadbirkorlarga qaror çiqarib berilgaç, kadastr hujjatlarini tayyorlaş uçun, suv sarfiga şartnoma tuziş uçun hujjatlarni tayyorlab topşirişgan, mana oylar ötyapti hamki, tuman hokimi uni imzolab bermayapti. Fermerlarning bizga bildirişlariça, barçasi faqatgina hokimning imzosiga qarab qolgan. Hokim esa hujjatlarga qöl qöymoqçi emas. Aksinça, xöjaliklarni butunlay yöq qilmoqçi.
Biz mazkur masala yuzasidan tuman hokimi Şunqor Xudoyberdiyev bilan ham uçraşdik. Tuman hokimi va hokimning qişloq höjalik masalalari böyiça örinbosari Husan Böriyev savollarimizga javob berdi. Ş.Xudoyberdiyev aynan bizni kutayotganini, bu holat Kun.uz orqali yoritilsa ularga ham katta yordam bölişini ta'kidlab ötdi.
Tuman hokimi gapni uzoqdan boşladi. Yerlar va yerosti suvlari tobora şörlanib borayotgani, bir paytlar Navoiy viloyati çegarasida bölgan tuzlaşiş, hozirda Kattaqörğongaça kelib qolgan, mana şunday hovuzlar yerning şörlaşişiga olib kelişi, ikki-uç yilda atrof atom bomba tuşgandek heç narsa ösmaydigan hududga aylanişi, özi vatanparvarligi, fermerlar esa vatanparvar emas, «öz çöntagini öylaydigan insonlar ekanligi»ni, hokim şu elni sevadigan inson sifatida bunga aslo yöl qöyib bera olmasligi haqida uzoq gapirdi.
Ammo baliqçilikka ajratilgan yer maydonlarning hammasi ham hokim da'vo qilayotganidek unumdor yerlar emas. Umuman, heç narsa ekib bölmaydigan toşloq yerlarda ham havza barpo etilgan va u hovuzlarning ham suvi berkitilgan.
Hokim örinbosari Husan Böriyev endilikda uşbu joylar çorvaçilikka ajratilganini ta'kidladi. Uning aytişiça, bu yerlarga ortiq ğalla va paxta ekilmaydi, faqat ozuqabop çorva ekinlari ekilar ekan. Çorva ekinini «Çortut» fermer xöjaligi raisi ayni paytda 1500dan 1900 gektargaça yerga egalik qilayotgan (buning uçun qoidaga köra kamida 4500 tuyoq qoramol bölişi kerak) Hamza Hojimamatovga beriladi.
«Hamza Hojimamatovni bu yerlarni olişga köndiriş uçun bor san'atimni işga solişga majbur böldim», — deydi Ş.Xudoyberdiyev.
Qiziq, «şu yerni menda qoldiring, jon-jahdim bilan mehnat qilaman», deb turgan R.Husanovdek fermerlar turganda san'atni işga solişga ne hojat bor ekan?
Yer baliqçilikni rivojlantiriş uçun tumanning avvalgi hokimi va mutasaddilari xulosasiga köra berilganini aytganimizda, hokim bu işlarning barçasi noqonuniy amalga oşirilganini aytib ötdi.
Endi e'tibor bering, qiziq holat yuzaga kelyapti.
Past Darğom tumani hokimligi huzuridagi yer uçastkalarini beriş (realizatsiya qiliş) masalalari bilan şuğullanuvçi komissiyaning 2018 yil 17 maydagi xulosasiga köra, «Özbekiston mustaqilligi» massivi hududidagi jami 51,1 ga suğorib haydaladigan maydonlari baliqçilik yönalişi böyiça tanlovga qöyilgan. Bu yer maydonlari meliorativ holati yomonlaşib, paxta, ğalla va boşqa qişloq xöjaligi ekinlari ekib olişning imkoniyati bölmaganligi hamda sizot suvlari kötarilib ketişi natijasida şörlanib, zaxkaş holatga kelib qolgani inobatga olinib, bu yerda baliqçilik fermer xöjaligi taşkil etiş maqsadga muvofiq, deb topilgan.
Endi, Past Darğom tumani yer resurslari va davlat kadastr bölimi 2019 yilning 25 martida tuman hokimi Ş.Xudoyberdiyevga yöllagan xatida baliqçilik uçun ajratib berilgan yer maydonlari tuproq unumdorligi yuqori, ya'ni 72 ball bonitetidan iborat maydonlaridan ajratilgani, 1200 gektargaça bölgan maydonlarning şörlanib ketişiga sababçi bölişi hamda sizot suvlari yaqinlaşib, yerning meliorativ holati yomonlaşişiga olib kelayotgani yozilmoqda. Ya'ni, maqsadga muvofiq emas, deb topilmoqda.
Tumanda hokim almaşib, maqsadlar va uning muvofiqligi özgarmoqda. Bu nimadan dalolat?
«Ot — kimniki, minganniki!» degan gap bor. Şu örinda savol tuğiladi: özi yerning meliorativ holati buzilganmidi, yo endi buzilmoqçimi? Kimdir şunga aniqlik kirita oladimi?
Haytovur, baliqçilik uçun yer ajratilişidan oldin tumonat odam örganib, hujjatlarga qöl qöygan ekan. Endi bitta Ş.Xudoyberdiyevning imzosi bilan barçasi qartadan qurilgan uyçadek tökilib tuşmoqda. Qani ekspertlar xulosasi? Qani hujjatlar?
Xullas, «vatanparvar hokim»ga köra, milliardlab mablağ sarflangan baliqçilik xöjaliklari buziladi, yer tekislanib çortutlik fermer Hamzaboy Hojimamatovga beriladi va u makkajöxori ekadi!
Ş.Xudoyberdiyevni ham Past Darğomga boğlab bermagan. Aytaylik, 3 oy, 3 yil, 30 yildan keyin boşqa işga kötarilib, ötib ketsa yoki işdan olinsa-yu, mazkur hududdan yana boşqa maqsadlarda foydalanilsa nima böladi?
Xulosa çiqariş özingizdan, hurmatli muştariy. Reportajimizni buyuk rus yozuvçisi Saltikov-Şedrinning bir fikri bilan yakunlaymiz: «Rahbarlar vatanparvarlik haqida gap oça boşlaşdimi, demak kimdir qayerdadir nimanidir öğirlamoqda». Sinalgan…